WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 10 ko'rishlar

JDPU delegatsiyasi Gubadagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etmoqda.

zarbayjon Respublikasining Guba shahrida "Vissheye obrazovaniye v regionax: realii i perspektivi" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri, M.Djelyalov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi Sh.Rashidov ishtirok etmoqda.Xalqaro konferensiya Ozarbayjon xalqining birinchi prezidenti Haydar Aliyevning haykaliga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

 Tantanali ochilish marosimida Ozar bayjon davlat pedagogika universitetining Guba filiali rektori Yusuf Aliyev hamda Guba viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abbosova Saida xanum

🤽 2024-yil 23-avgust kuni Toshkent  shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Ozarbayjon biznes-forumi doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tashabbusi bilan imzolangan Jizzax va Guba shaharlarini birodar (hamkor) shaharlar deb e’lon qilish to‘g‘risidagi memorandumga alohida to‘xtalib o‘tishdi. 

🚲 Guba viloyati hokimiyati hamda oliygoh rektori olib borilayotgan hamkorlik ishlari hamda anjumanda ishtirok uchun JDPU rektori  Maqsudjon Abdullayevichga alohida minnatdorchilik bildirishdi.

🕺 Anjumanda Guba filiali rektori Yusuf Aliyev hamda Guba viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abbosova Saida xanumga  JDPU rektori nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir do‘stlik, o‘zaro hurmat va ilmiy hamkorlik ruhida o‘tmoqda.

Boshqa yangiliklar