WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 IyunIyunIyun 2026 7 ko'rishlar

⌛ 2026–2027-o‘quv yili uchun nomzodlarni saralash masalalari muhokama qilindi

🏛 Olimpiya shaharchasida joylashgan Sport vazirligi binosida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga qabul jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔗 Yig‘ilishda Akademiyaga tavsiya etilgan 14 ta Olimpiya va 6 ta Paralimpiya sport turi bo‘yicha nomzodlarning sport natijalari ko‘rib chiqildi.



➡️ Sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar Respublika komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ularni Davlat komissiyasiga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
 

ℹ️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Sh. Maxmudov boshchiligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rahbariyati, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari vakillari, Oliy sport mahorati maktablari rahbarlari hamda respublika milliy terma jamoalarining katta murabbiylari ishtirok etib, nomzodlarning sport natijalari, tayyorgarlik darajasi va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.



💯 Mazkur yig‘ilish iqtidorli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, sport ta’limi sifatini oshirish hamda mamlakatimiz sportining kelajakdagi zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladigan muhim bosqich bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar