WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
04 AprelAprelAprel 2026 5 ko'rishlar

Xalqaro tajriba amaliyot bilan uyg‘unlashmoqda

Xalqaro tajriba amaliyot bilan uyg‘unlashmoqda

Xalqaro tajriba amaliyot bilan uyg‘unlashmoqda

Namangan davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan I.Razzakov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universitetidan xalqaro stajirovka asosida kelgan talabalar uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialida amaliy uchrashuv tashkil etildi. 

Safar doirasida filialda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, mehmonlarga elektr tarmoqlarini boshqarish, energiya taqsimoti va texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, talabalar korxona rahbariyati hamda yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqotda ishtirok etib, zamonaviy energetika yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida energetika sohasidagi innovatsion yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari, yosh kadrlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar