WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 IyunIyunIyun 2026 63 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik

Germaniyadagi xalqaro davra suhbati: Toshkent davlat transport universiteti dual ta’lim va yetakchi sanoat korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) delegatsiyasi Germaniyaga xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasida tashkil etilgan “Germaniya oliy ta’lim tizimida dual ta’lim: tajriba, ilg‘or amaliyotlar va kelajakdagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining turli vazirlik va idoralari hamda Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida muvaffaqiyatli joriy etilgan dual ta’lim modellari, shuningdek, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi har tomonlama muhokama qilindi.
Asosiy e'tibor ilg‘or xorijiy tajribalarni universitetimiz ta'lim jarayoniga bevosita joriy etish istiqbollariga qaratildi. Maqsad — ushbu mexanizmlar orqali TDTU talabalariga o‘qish davridayoq nufuzli xorijiy korxonalarning real ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish va amaliy ko'nikmalarini oshirish imkonini yaratishdir.
Tashrifning amaliy natijasi o'laroq, Toshkent davlat transport universiteti hamda Germaniyaning sanoat va yuqori texnologiyalar sohasidagi yetakchi kompaniyalari — CHIRON Group SE, INDEX-Werke GmbH & Co. KG Hahn & Tessky hamda Gleason Sales (Germany) o‘rtasida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Ushbu nufuzli kelishuvlar doirasida universitetimiz quyidagi istiqbolli vazifalarni amalga oshirishni o'z oldiga maqsad qilib oldi:
Dual ta'limni joriy etish: Universitetimizda amaliyotga yo‘naltirilgan va dual ta’lim dasturlarini nemis hamkorlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish;
Xalqaro stajirovkalar: Talabalarimizning ilg'or sanoat korxonalarida amaliyoti va malaka oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish;
Ilmiy-amaliy hamkorlik: Korxonalarda amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ishlab chiqarish muammolariga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
Texnologik integratsiya: Germaniyaning zamonaviy sanoat texnologiyalari va yechimlarini bevosita universitet ta’lim jarayoniga olib kirish.
Mazkur kelishuvlar Toshkent davlat transport universitetida xalqaro standartlar asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash va Germaniyaning ilg‘or sanoat korxonalari bilan uzoq muddatli amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim tarixiy qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar