WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 MayMayMay 2024 33 ko'rishlar

https://uzdxa.uz/

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi ta’limi sohasiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor milliy raqs san’ati ustalarini, tajribali о‘qituvchi va murabbiylarni, yosh san’atkorlarni yangi О‘zbekiston san’ati rivojiga munosib qissa qо‘shishga chorlaydi. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni istaganlar magistraturada ta’lim olish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda О‘zDXAda magistrlarni о‘qitish ham byudjet, ham tulov-kontrakt asosida olib borilmoqda.

Toshkent xoreografiya bilim yurti 1947 yilda O’z SSR Ministrlar sovetining 14 sentabrdagi №1480 qaroriga asosan Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ushbu bilim yurtida xoreografiya san’atining mumtoz va milliy raqs turlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlangan. Bilim yurtida Usta Olim Komilov va Tamaraxonum yetakchiligida o’zbek xoreografiya san’atining rivojiga juda katta hissa qo’shgan san’atkorlar ta’lim olganlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil  8 yanvardagi PF-1695 sonli “O’zekistonda milliy raqs va xoreografiya sa’natini rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevral’ № 101-sonli qaroriga binoan A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining xoreografiya bo’limi va O’zbek xoreografiya bilim yurtlari negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilib, xoreografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlay boshladi.

Boshqa yangiliklar