WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 AprelAprelAprel 2026 13 ko'rishlar

Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

UrDUda Lyaonin provinsiyasi va Lyaonin pedagogika universiteti vakillari bilan Xiva shahrida yangi filial tashkil etish hamda bir qator ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Lyaonin provinsiyasi Xalq hukumati Tashqi aloqalar boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Chjao Xunbin hamda Lyaonin pedagogika universiteti prorektori Li Yujyun boshchiligidagi vakillar bilan rasmiy muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda rektor F.Madrahimova Xiva shahrida tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘rin tutishini, shuningdek, UrDU bilan hamkorlikda ochilayotgan Konfutsiy instituti madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashini ta’kidladi. Tomonlar psixologiya, filologiya va injiniring yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Mazkur tashrif ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar