Nankin audit universiteti vakillari bilan davlat auditi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 22-aprel kuni universitetga Nankin audit universiteti vakillari tashrif buyurib, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor S. Mexmonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Joriy yilning 22-aprel kuni universitetga Nankin audit universiteti vakillari tashrif buyurib, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor S. Mexmonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qildilar. Xususan, ikki tomonlama ta’lim dasturlarini amaliyotga tatbiq etish professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Shuningdek, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlarida xalqaro standartlar asosida ta’lim berish hamda talabalar va mutaxassislar uchun xalqaro darajada tan olingan sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha takliflar maqullandi.