WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 AprelAprelAprel 2024 21 ko'rishlar

Buxoroda onkologiyaning dolzarb muammolariga bag`ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida onkologoya sohasi bo`yicha dunyoning nufuzli muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar hamda mamlakatimizning etakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o`z ishini boshladi.

Anjumanda markaziy Osiyoning Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston davlatlaridan, hamda Koreya, Mo`g`iliston, Turkiya va Rossiya, Avstriya davlatidan sohaning turli yo`nalishlari bo`yicha, tajribali va yosh olimlar ishtrok etishdi. Anjumanda onkologik kasalliklargaqaro`shit kurashishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish imkoniyatlari har omonlama tahlil qilinib olimlar o`zaro tajriba almashishdi.

Anjumanda “O`zbekistonda gepatopankreato-duodenal soha o`smalarini tashxislash va davolashning zamonaviy holati”, “Qizilo`ngach saratoni: davolashga multidissiplinar yondashuv”, “Onkologik kasalliklarning immunogistoximik diagnostikasi”, “Gastrointestinal trakt limfomalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida “Yosh onkologlar” anjumani tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlarida shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda onkologiya sohasiga bag`ishlangan muhim mavzular sho`’ba yig`ilishlarga bo`linib muhokama qilindi. Unda mutaxassislar so`nggi yillarda ushbu yo`nalishida kasalliklarni davolash, oldini olishga doir muhim yutuqlar xususida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, mutaxassislar onkologiyada zamonaviy diagnostika, jarrohlik-onkologiya, shaxsiylashtirilgan terapiya bo`yicha ham o`zaro fikr almashdi.

Anjuman doirasida Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti Onkologiya kafedrasi bilan Buxoro dalat tibbiyot instituti o`rtasida hamkorlik memoriandumi ham imzolandi.

Boshqa yangiliklar