WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 IyunIyunIyun 2025 87 ko'rishlar

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida psixologik motivatsiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Qoʻqon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar uchun art-terapiya va psixologik motivatsion trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur treninglarni universitet psixologlari N. Abdullayeva va N. Xo‘janazarovalar olib bordilar. Mashg‘ulotlar davomida talabalarning ruhiy holatini mustahkamlash, ichki motivatsiyasini oshirish va stressni boshqarish usullari bo‘yicha samarali amaliy mashqlar bajarildi.

Art-terapiya asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalash va emotsional barqarorlikni shakllantirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar