"Talaba Expo–2026" doirasida "MERGANTEKS" MCHJ ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
"Talaba Expo–2026" kasb ko‘rgazmasi doirasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "MERGANTEKS" MCHJ ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.






Tashrif davomida talabalar korxonada ilg‘or texnologiyalar asosida bolalar va kattalar uchun zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatdilar. Shuningdek, tikuv sexlarining faoliyati, mahsulot tayyorlashning barcha bosqichlari, sifat nazorati tizimi hamda ishlab chiqarishdagi zamonaviy uskunalar bilan yaqindan tanishdilar.
Bundan tashqari, korxona mutaxassislari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kadrlar siyosati, malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi hamda yoshlar uchun yaratilgan ish va amaliyot imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob
olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.