WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 MayMayMay 2024 31 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi - innovatsion rivojlanish yo‘lida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni institutning moliya va iqtisodiy ishlari bo‘yicha prorektori Jasur Azamov ochib berdi va oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy bilim va fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.

Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad qilib, oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilish, oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jahonda tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish belgilangan.

Mazkur konferensiyada Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarning taniqli olimlari, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Yaponiya oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda O‘zbekiston tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, amaliyotchi mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar