WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 MayMayMay 2026 11 ko'rishlar

Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Ualid Fuk UrDUda bo'lib, Fransiya OTMlari bilan ilmiy hamkorlik hamda Fransiyaning mamlakatimizdagi korxonalari bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

  • Bugun Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk Xorazm viloyatiga rasmiy tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida bo’ldi. Tashrif davomida elchiga Fransiya elchixonasi vakillari Tifeyn Magne, Serj Bellini va Kerol Ponte hamrohlik qildi. Nufuzli mehmonni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi.
    Rasmiy uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti hamda Fransiyaning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalar va talabalar mobilligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, muzokaralarda Fransiyaning Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, dual ta’lim tizimini joriy etish hamda ta’limni bevosita amaliyot bilan uyg‘unlashtirish kabi istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

  •  


Boshqa yangiliklar