WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 AprelAprelAprel 2026 36 ko'rishlar

Global ta’lim va kelajak strategiyalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va innovatsion yondashuvlarga bag‘ishlangan muhim ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir “Global ta’lim va kelajak ta’limi strategiyasi” mavzusida o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida kechdi.

Seminarda xalqaro miqyosdagi tajribali mutaxassislar — DIA Global Academy (Almati) bosh direktori, Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasida Besh o‘lchamli ta’limning rasmiy vakili, KAIST huzuridagi Janubiy Koreyaning kelajak ta’limi strategiyasi bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi a’zosi doktor Li Seong Hyeon hamda DIA Global Academy (Almati) ijrochi direktori, pedagogika fanlari magistri, Besh o‘lchamli ta’lim va TESOL bo‘yicha sertifikatlangan o‘qituvchi Greys Kim ishtirok etdilar.

Tadbir davomida spikerlar tomonidan global ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda kelajak ta’limining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, “Besh o‘lchamli ta’lim” modeli asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, seminar jarayonida TESOL dasturi doirasida ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari, xalqaro tajribalar va ularni mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

Seminar yakunida ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish borasida muhim fikr va takliflar bildirildi.

Mazkur tadbir Qo‘qon davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy etish, shuningdek, talaba-yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar