WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 FevralFevralFevral 2026 10 ko'rishlar

Akademiyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun psixologik seminar-trening bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mening imkoniyatim – mening dunyoyim” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan psixologik marafon dasturi doirasida 2025-yilning 17-fevral kuni xorijiy talabalarga seminar-trening tashkillashtirildi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mening imkoniyatim – mening dunyoyim” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan psixologik marafon dasturi doirasida 2025-yilning 17-fevral kuni xorijiy talabalarga seminar-trening tashkillashtirildi. Unda Akademiya psixologi Z.Kurbamuratova va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshligi U.Qodirov ishtirok etdi. Seminarda Akademiya psixologi Z.Kurbamuratova xorijiy talabalarni yangi muhitga moslashishi ham akademik, ham psixologik jihatdan o‘rganish maqsadida soʻrovnoma o‘tkazdi.  So‘rovnoma natijalarini o‘rganish bilan muommolarga echim topish yo‘llarini ko‘rib chiqib, kerakli maslahatlar berildi. Seminar davomida xorijiy talabalar uchun adaptatsiya va madaniyatlar almashinuv muhitini yaxshilash va emotsional toliqishning oldini olish bo‘yicha “Men uchun qadirli bo‘lgan narsa” mavzisuida trening bo‘lib o‘tdi. 
Mazkur tadbirlarni tashkil etishdan maqsad Akademiya xorijiy talabalarilarning ruhiy salomatligini asrash, ularda zamonaviy hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, hamda inklyuziv va do‘stona muhit yaratish orqali jamoada hamjihatlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.
 

Boshqa yangiliklar