WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 FevralFevralFevral 2026 35 ko'rishlar

"Global sog'liqni saqlash bo'yicha 1-xalqaro konferensiya"

2026-yil 9–10-fevral kunlari Urganch davlat tibbiyot institutida tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan “1st International Conference on Global Health” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasida 9-fevral kuni delegatsiya a’zolari institutning “Ichki kasalliklar va dermatovenerologiya”, “Fiziologiya va patologik fiziologiya”, “Harbiy dala jarrohligi, travmatologiya va ortopediya”, “Otorinolaringologiya va oftalmologiya”, “Akusherlik va ginekologiya, onkologiya” kafedralarida bo‘lishdi.

Delegatsiya a’zolari talabalarga mahoray darslarini o‘tkazib, kafedralar faoliyati hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

10-fevral kuni xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi. Unda Ozarbayjondan bir guruh nufuzli olimlar oflayn shaklda, dunyoning qator davlatlaridan yetakchi mutaxassislar esa onlayn formatda ishtirok etdilar. Shuningdek, mahalliy yetuk mutaxassislar, institut magistrlari, klinik ordinatorlar hamda professor-o‘qituvchilar faol qatnashdilar.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari hamda mutaxassislarining ishtiroki sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va akademik hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bildirilgan ilmiy g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va amaliy takliflar nafaqat nazariy ahamiyatga ega, balki sog‘liqni saqlash amaliyotiga samarali tatbiq etiladigan muhim natijalarni berishi bilan ahamiyatlidir.

Boshqa yangiliklar