O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha)
Dastur haqida
Xalq cholg‘ularida ijrochilik fani yakka ijrochi, cholg‘u o‘qituvchisi sifatida mustaqil kasbiy ish faoliyat ko‘rsatadigan, yuqori musiqa ijrochilik mahoratiga ega kadrlarni tayyorlash uchun muhim o‘rin tutadi. Talabaning asosiy rahbari hisoblangan mutaxassis o‘qituvchi uni faqat professionalgina emas, balki jamiyatning badiiy didini, ilg‘or musiqa san’atini ommalashtira oladigan faol madaniyat vakilini ham tayyorlaydi. Mazkur fan yuzasidan qo‘yilgan asosiy maqsad - talaba cholg‘u ijrochiligi, yakkaxon ijrochilik, ansambl, orkestr cholg‘ulari, jahon va o‘zbek musiqa merosi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim. Xalq cholg‘ularida ijrochilik fanini o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Talaba iqtidorini rivojlantirishga imkon darajasida harakat qilishi, uning o‘ziga xos jihatlarini to‘la namoyon etishi, kompozitorlar uslubida ixtisoslashuv cholg‘usi ijrochiligiga oid barcha manbalardan foydalangan holda sozandaga saboq berish, milliy ijrochilik uslubini qo‘llay bilish kabi bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishi zarur. Qolaversa, musiqa sohasidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli ijodiy jamoalarda, musiqiy madaniyat muassasalarida ishlash ko‘nikmalarini olishlari zarur.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga