WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60712500 – Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi transport vositalarini loyihalash, konstruksiyasini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, texnik ekspluatatsiya qilish, diagnostika, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohalarida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalar avtomobil, temir yo‘l, maxsus, qishloq xo‘jaligi va qurilish transport vositalari hamda boshqa turdagi transport texnikalarining tuzilishi, ishlash prinsiplari va texnik xususiyatlarini chuqur o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida transport vositalarining dvigatellari, transmissiyasi, yurish qismi, rul boshqaruvi, tormoz tizimlari, elektr va elektron jihozlari, zamonaviy avtomatlashtirilgan hamda intellektual boshqaruv tizimlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar shakllantiriladi. Shuningdek, talabalar transport vositalarini texnik diagnostika qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, transport vositalarining ishonchliligi, xavfsizligi va samaradorligini baholash, zamonaviy CAD/CAM/CAE texnologiyalari asosida loyihalash va modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayoni nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti, muhandislik loyihalari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bitiruvchilar transport va avtomobil korxonalari, mashinasozlik va ishlab chiqarish tashkilotlari, texnik servis markazlari, logistika va transport kompaniyalari, temir yo‘l va maxsus transport korxonalari, davlat va xususiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalarida muhandis, konstruktor, texnolog, diagnostika mutaxassisi, servis muhandisi, loyiha muhandisi va transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur yo‘nalish zamonaviy transport vositalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish, transport xavfsizligini oshirish, energiya tejamkor va ekologik toza transport texnologiyalarini rivojlantirish hamda transport tizimlarini raqamlashtirish va intellektuallashtirish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

O'xshash dasturlar