WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Buxoro davlat texnika universiteti

Buxoro viloyati Davlat Veb-sayt

16,677

Talabalar

520

Xorijiy talabalar

719

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

21

Kafedralar

1977

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

1.World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

2.2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingidan o‘rin oldi.

3. Yashil Barqarorlik ko'rsatkichini ta'minlashga intilgan universitetlarning global reytingida 858 orinni egalladi.

Shuningdek, respublikada birinchilardan bo’lib, oliygohda “O‘zbekneftegaz” AJ hamkorligida ilg'or muhandislik maktabi tashkil etildi.

Universitetda xorijiy, ilmiy-innovatsion, ilmiy-amaliy loyihalar, tijoratlashtirish jarayoni ham samarali faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda 10 dan ortiq Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etildi. Har yili 50 dan ziyod tadqiqotchilar dissertatsiya ishini himoya qiladi. Oliygohda 120 dan ortiq (Malayziya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Belarussiya va boshqalar) oliy taʼlim muassaslari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim oluvchi talabalar soni 212 tani tashkil etib, ular jahonning 10 dan ziyod oliy taʼlim muassasida tahsil olmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

Buxoro davlat texnika universiteti chet ellik talabalar uchun nafaqat sifatli ta’lim, balki qulay va zamonaviy yashash hamda rivojlanish muhitini ham taqdim etmoqda. Universitetda zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, innovatsion laboratoriyalar, elektron kutubxona va raqamli ta’lim platformalari talabalarning puxta bilim olishi uchun xizmat qilmoqda.

Xalqaro talabalar uchun qulay talabalar turar joylari, sport majmualari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda do‘stona muhit yaratilgan. Turli davlatlardan kelgan yoshlar bu yerda nafaqat ta’lim oladi, balki yangi do‘stlar orttirib, turli millat va madaniyat vakillari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qadimiy Buxoroning boy tarixiy merosi va zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan universitet xalqaro talabalar uchun haqiqiy imkoniyatlar maskaniga aylangan. Buxoro davlat texnika universiteti har bir talabaga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasb egasi bo‘lish va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish uchun mustahkam poydevor yaratib bermoqda.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda!

  Buxoro davlat texnika universiteti rektori — Sadoqat Siddiqova hamda Universiti Tun Hussein Onn Malaysia rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
🔹 Halol gastronomiya va turizm bo‘yicha ilg‘or markaz tashkil etish
🔹 Dron texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish markazini yo‘lga qo‘yish

Hamkorlik doirasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ilmiy nashrlar, master-klasslar hamda zamonaviy laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Batafsil: https://surl.li/ndfsnv
 

Germaniyaning Kalbax shahrida joylashgan DESOI GmbH kompaniyasi Buxoro davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Tashrif doirasida rektor Sadoqat Siddiqova bilan uchrashuv o‘tkazilib, qo‘shma loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

40 yillik tajribaga ega kompaniya qurilish va sanoat uchun innovatsion uskunalar ishlab chiqaradi. Hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ayniqsa madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish yo‘nalishida ishlar amalga oshiriladi. Bu esa Buxorodagi tarixiy obidalarni zamonaviy usullar bilan asrash va tiklashga xizmat qiladi.

Sian neft universiteti prorektori Chjan Junszyun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Buxoro davlat texnika universitetida 120 dan ortiq (Malayziya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Belarussiya va boshqalar) oliy ta'lim muassaslari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Qo’shma ta’lim dasturi asosida ta’lim oluvchi talabalar soni 212 tani tashkil etib, ular jahonning 10 dan ziyod oliy ta’lim muassasida tahsil  olmoqda.

30 ta neft-gaz, tekstil, energetika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va boshqa ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

BuxDTU va O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida ilmiy integratsiya yo‘lga qo‘yildi

   Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda BuxDTU rektori Sadoqat Siddiqova, markaz direktori Saidmurod Niyazbekov, markaz mutaxassislari hamda yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida ishtirok etdi.

   ✅Uchrashuv davomida markaz faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar taqdim etildi. Shuningdek vodorod energetikasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

  Tomonlar energetika, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Buxoro davlat texnika universiteti va O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum:

✅ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish,
✅talabalar va yosh olimlarning akademik mobilligini rivojlantirish,
✅qo‘shma innovatsion va amaliy loyihalarni amalga oshirish
✅yo‘nalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

BDTU va LAVART kompaniyasi hamkorlik memorandumi imzoladi

Tashrifning ikkinchi qismida LAVART delegatsiyasi va Buxoro viloyati hokimligida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum energetika infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik toza issiqlik texnologiyalarini joriy etish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Bu hamkorlik universitet va hudud uchun yangi bilim va investitsiya imkoniyatlarini ochadi.

 

Til kurslari

Buxoro davlat texnika universitetida quyidagi tillar bo‘yicha sifatli va zamonaviy kurslar mavjud:

  1. Ingliz tili – xalqaro kommunikatsiya, ishbilarmonlik, ta’lim va sayohat sohalarida foydalanish uchun. Kurslarimiz interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va til laboratoriyalari orqali talabalarni so‘zlashuv va yozma ko‘nikmalarini mukammal rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
  2. Rus tili – biznes, ilmiy va madaniy sohalarda samarali muloqot qilishni o‘rgatadi. Darslarimizda grammatika, lug‘at va amaliy suhbatlar muvozanatli tarzda olib boriladi.
  3. Nemis tili – ilmiy, texnik, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng imkoniyatlar yaratadi. Talabalarimiz nemis tilida fikr bildirish, matnlar tahlil qilish va muloqot qilish ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtiradilar.
  4. Xitoy tili – global iqtisodiyot va biznes aloqalarida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Kurslar madaniyat va til o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarni samarali muloqot va yozuv ko‘nikmalariga ega qiladi.
  5. Yapon tili – madaniyat, texnologiya va ilmiy sohalarda professional ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Talabalarimiz interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy dialoglar orqali tilni tabiiy va erkin o‘zlashtiradilar.

Bizning kurslarimizda:

  • Har bir talaba uchun individual yondashuv mavjud.
  • Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv treninglar orqali tilni tez va samarali egallash mumkin.
  • Madaniy tadbirlar va film, adabiyot tahlillari orqali tilni jonli kontekstdan o‘rganish imkoniyati.
  • Onlayn va oflayn formatdagi darslar mavjud, shuning uchun siz qulay va mos keladigan shaklda tilni o‘rganishingiz mumkin.

Sizni bilim va ko‘nikmalarni yangi bosqichga olib chiqadigan kurslarimizga taklif qilamiz!

Talabalar uchun imkoniyatlar

Buxoro davlat texnika universiteti ta'lim sifati, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, bandlik va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida namunali oliy ta’lim muassasi hisoblanadi.

Fakultetlar

Fakultetning mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan kafedralari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va korxonalarda kafedra filiallari tashkil qilinib, talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida korxonalarga borib darsda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda bajarib o‘z bilimlarini mustahkamlamoqdalar. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislar ta’lim jarayonida jalb qilingan.

Ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxasislar bitiruvchi kurs talabalarining dars jarayoniga bevosita ishtirok etib, ularni bilimlarini o‘rgangan holda, ular bilan qonuniy shartnomalar imzolab, bitiruv oldi amaliyotini o‘z korxonalarida o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bermoqdalar. Ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari amaliyot davrida o‘zini bilimi va salohiyatini ko‘rsata olgan talabalarni ish bilan bandligini ta’minlamoqda.  

Fakultetni 40 yillik tajribaga ega, ilmiy salohiyati  xorij oliy ta’lim muassasalarida  ham tan olingan t.f.n., dotsent R.T.Adizov boshqarib kelmoqda.

Fakultet kafedralari 

 Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi       

 Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va servis kafedrasi                                                              

 Kimyo muhandisligi kafedrasi   

 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va yog‘-moy texnologiyasi kafedrasi

 Neft-gaz ishi kafedrasi        

 Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari  

60710100

Kimyo muhandisligi

60710200

Biotexnologiya

60710300

Matbaa va qadoqlash muhandisligi

60710800

Metrologiya va standartlashtirish

60810700

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

60811000

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

60720100

Oziq-ovqat texnologiyasi

60720500

Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi

60720600

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

60720900

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

60721100

Neft va gaz ishi

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari

70710103  – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish) 

70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi)

70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi)

70710101  – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar kimyoviy texnologiyasi)

Muhandislik fakulteti

Muhandislik fakulteti bugungi kunda 60 ta akademik guruhda 1161 ta talaba tahsil oladi. Shulardan 916 tasi shartnoma asosida, 245 ta talaba esa Davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda. Shundan 958-ta yigit talabalar 203-tasi qiz talabalar.

Fakultetda 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, shundan 4 tasi mutaxasislik kafedralardir.

 Muhandislik fakultetida bugungi kunda 111 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan Professor – 8 ta; dotsent – 26 ta; Katta o‘qituvchi – 30 ta; Assistent – 15 ta; Stajyor o‘qituvchi – 32 ta Xorijiy professor-o‘qituvchilar – 4ta. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 20 dan ortiq ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va “Satira va yumor” nomli ijodiy-badiiy guruh tashkil etilgan.

 Fakultetda 3 nafar Beruniy hamda 1 nafar I.Karimov nomli Davlat stipendiatlari, Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari – 10 nafar. Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan – 12 nafar. Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 

Fakultet huzurida ilmiy innovatsion markaz tashkil etilgan va faoliyat olib boryapti. Markazda ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda xo‘jalik shartnomalari va talabalar bandligi ta’minlanmoqda. (10-nafar talaba va 8-nafar ilmiy tadqiqotchi doimiy ish bilan band)

Institutda tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida fakultetning 2 ta jamoasi muntazam ishtirok etib kelyapti. “Satira va yumor” jamoasi aprel oyida faxrli 3 o‘rinni egalladi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar. Institut talabalari orasida tashkil etilgan Futbol musoboqasida faxrli 2-o‘rinni, 

Mini futbolda 3-o‘rinni, professor-o‘qituvchilar orasida 3-o‘rinni egalladi. 

Fakultetda talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qiziqishlari bo‘yicha 3 ta klub (“Satira va yumor” Talabalar teatr studiyasi, “Arxitekturaviy industrializatsiya” QVZ jamoasi, Zakovat guruhi), 15 ta to‘garaklar va sport seksiyalari tashkil etilgan. 

Guruh tyutorlari tomonidan guruhlar kesimida sportning Mini futbol turi bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi.

Fakultet kafedralari 

 Elektr va energetika muhandisligi kafedrasi

 Arxitektura kafedrasi

 Qurilish muhandisligi kafedrasi

 Yengil sanoat muhandisligi va dizayn kafedrasi

 Mexanika va muhandislik grafikasi kafedrasi                                                      

Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari  

60210400

Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni

60210400

Dizayn: libos va gazlamalar

60720700

Yengil sanoat muhandisligi 

60710400

Energetika muhandisligi

60710500

Elektr muhandisligi

60711000

Muqobil energiya manbalari

60710700

Elektronika va asbobsozlik

60720400

Texnologik mashina va jihozlar

60730100

Arxitektura

60730300

Qurilish muhandisligi

60730800

Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi

Xizmat ko‘rsatish va raqamlashtirish fakulteti

Fakultetda jami: 119 nafar professor –o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, jumladan, ilmiy darajali o‘qituvchilar 62 nafar bo‘lib, shundan 5 nafari fan doktori, professorlar bo‘lib ilmiy salohiyat 49.6 % tashkil etadi.

  Bugungi kunda fakultetda 64 ta akademik guruhda 1322 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonalarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 15 ta ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va “Dinamit” nomli 3 ta ijodiy-badiiy guruh tashkil etilgan. Fakultetda 1 nafar Beruniy nomli Davlat stipendiatlari, 2 Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari  4 nafar talabalar  Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan. 

Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Fakultetda 500 mln. so‘mlik AL-593201250 “Mo‘tadil haroratda presslash va ekstraksiyalash orqali kungaboqar moyi va oqsilini birgalikda ishlab chiqarish kalit (asosiy) texnologiyasi ” “ELBA-ERASMUS dasturi bo‘yicha 47700 yevro ” va Tibbiy hamshiralarni o‘qitish bo‘yicha loyiha 700 000 000 mln grand va xo‘jalik shartnomalari bajarilmoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasiga biriktirilgan fanlardan o‘quv adabiyotlar, shu jumladan yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan. Jumladan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilda 2 ta darslik va 8 ta o‘quv qo‘llanma yaratilgan. 

Bu adabiyotlar institut hisobidan ko‘paytirilib ARMga joylashtirilgan.

Fakultet kafedralari

 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kafedrasi

 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi

 Iqtisodiyot va Menejment kafedrasi

 Ijtimoiy  fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi

 Aniq fanlar kafedrasi

 O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi

 Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari

60410100

Iqtisodiyot

60410800

Menejment

60411200

Marketing

60610100

Axborot tizimlari va texnologiyalari

60710900

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

61010100

Turizm va mehmondo‘stlik

 Tabiiy resurslarni boshqarish fakulteti

Fakultet kafedralari 

 Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi       

 Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari                                                              

 Qishloq va suv xo‘jaligi texnika-texnologiyalari   

 Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasi

 Sanoat ekologiyasi va gidrogeologiya        

 Transport vositalari muhandisligi

Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari  

60711300

Metallar texnologiyalari

60711400

Transport vositalari muhandisligi

60720300

Materialshunoslik

60810100

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish

60812300

Suv xo'jaligi va melioratsiya

60813000

Suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish

60812900

Suv ta'minoti muhandislik tizimlari

60812500

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foqdalanish

60730600

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

60710600

Gidroenergetika

60812400

Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish

60810600

Yer kadastri va yer tuzish

60722600

Geodeziya va geoinformatika

60721600

Kartografiya va masofadan zondlash

60721700

Kadastr

60810800

Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi

60812600

Meliorativ gidrogeologiya

60530800

Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi)

60710400

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo'jaligida)

61020200

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Ta'lim yo'nalishlari

Agrokimyo va tuproqshunoslik 60810200 Bakalavr
Aktuar va moliyaviy matematika 70540103 Magistr
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 Magistr
Arxitektura 60730100 Bakalavr
Arxitektura tarixi va nazariyasi 70730103 Bakalavr Magistr
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800 Bakalavr
Axborot texnologiyalari va raqamli dizayn boshqaruvi Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr Magistr
Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar 70710101 Magistr
Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101 Magistr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Biotibbiyot muhandisligi 60711100 Bakalavr
Bog‘lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi 70730310 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dizayn (poyabzal va aksessuarlar dizayni), Dizayn (libos va gazlamalar) 60210400 Bakalavr
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403 Bakalavr
Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni 60210400 Bakalavr
Dizayn: toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni (60210400) Bakalavr
Ekologiya 70520202 Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) 60710600 Bakalavr
Elektr mexanikasi 70710501 Magistr
Elektr muhandisligi 60710500 Bakalavr
Elektr ta’minoti 70710407 Bakalavr Magistr
Elektr ta’minoti 70710407 Magistr
Elektronika va asbobsozlik 60710700 Bakalavr
Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) 70710703 Magistr
Energetika (issiqlik energetikasi) 60710500 Bakalavr
Energetika muhandisligi 60710400 Bakalavr
Energetika muhandisligi. 60710400 Bakalavr
Energiya tejamkorligi va energoaudit 70710410 Bakalavr Magistr
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 60720900 Bakalavr
Foydali qazilma konlarini qazish 70720801 Bakalavr
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400 Bakalavr
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720500 Bakalavr
Geodeziya va geoinformatika 60721500 Bakalavr
Gidroenergetika 60710600 Bakalavr
Gidrologiya 60530400 Bakalavr
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (60811300) Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot 70410102 Magistr
Ishlab chiqarish muhandisligi (60721800) Bakalavr
Kadastr 60721700 Bakalavr
Kartografiya va masofadan zondlash 60721600 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Bakalavr
Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi) 70710101 Magistr
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) 70710101 Magistr
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) 60710100 Bakalavr Magistr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Matbaa va qadoqlash muhandisligi 60710300 Bakalavr
Materialshunoslik 60720300 Bakalavr
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720600 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) 61020200 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi 71020201 Magistr
Meliorativ gidrogeologiya (60811400) Bakalavr
Menejment 70410801 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Metallar texnologiyalari 60711300 Bakalavr
Metrologiya va standartlashtirish 60710800 Bakalavr
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 70710802 Magistr
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr
Mexatronika va robototexnika 60711000 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 70710411 Bakalavr Magistr
Neft va gaz ishi 60721100 Bakalavr
Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60721800 Bakalavr
Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish 70721102 Magistr
Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi 70721102 Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601 Bakalavr Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 Bakalavr Magistr
Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlaria 70720408 Magistr
Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600 Bakalavr
Oziq-ovqat texnologiyasi 60720100 Bakalavr
Oziq-ovqat texnologiyasi 70720101 Magistr
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 Bakalavr
Oziq-ovqat xavfsizligi 70720102 Magistr
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi 60720200 Bakalavr
Paxta sanoati mashinalari va jihozlari 70720411 Magistr
Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi 70720705 Magistr
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 Bakalavr Magistr
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811300 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 Bakalavr
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 60731100 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 70730301 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Shahar qurilishi va loyihalash (60730900) Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Suv ta'minoti muhandislik tizimlari (60811500) Bakalavr
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) 60721300 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 70710901 Magistr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) 70711401 Magistr
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari 70710904 Magistr
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 Bakalavr
Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati) 60720700 Bakalavr
Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash 70720704 Magistr
Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi 70720701 Magistr
Transport vositalari muhandisligi 60711400 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish) 60712500 Bakalavr
Transport vositalari muhandisligi. 70711401 Bakalavr Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi) 60721200 Bakalavr
Yengil sanoat mashinalari va apparatlari 70720409 Magistr
Yengil sanoat muhandisligi 60720700 Bakalavr
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari 70720707 Magistr
Yer kadastri va yer tuzish 60811600 Bakalavr
Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish 70811601 Magistr
Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi 60720200 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Sadoqat Gʻafforovna Siddiqova

Buxoro davlat texnika universiteti rektori Siddiqova Sadoqat Gʻafforovna

Qurbon Ibragimovich Tursunov

Buxoro shahri hokimi Qurbon Ibragimovich Tursunov

Anvarjon Zubaydilliyevish Ochilov

Buxoro tuman hokimi Anvarjon Zubaydilliyevish Ochilov

Farhod Baqoyevich Umarov

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi

Akbar Alisherovich Fazilov

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ direktori

Ibroim Shoqulovich Hamroyev

"Mergantex" MChJ raisi

Xurshid Yahyoyevich Tohirov

Buxoro viloyati Qorako’l tumani hokimi

Zafar Ikromiddinov Jumayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali rahbari

Baxtiyor Jo'raqulovich Ro'ziyev

Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i

Azamat Akramovich Sultanov

Sultanov Azamat Akramovich. Buxoro viloyatidagi “Buxoro Agroklaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatgan xodim” faxriy unvoni sohibi.

Rustam Botirovich Xaydarov

Enter Engineering kompaniyasining sanoat va fuqarolik obyektlarini qurish direksiyasi direktori

Baxodir Beshimovich Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi

Dilshod Mahmudovich Bobojonov

“Buxoro Zarhal Teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta-to‘qimachilik klasteri direktori va “LEICHTER KAMALAK TEXTILIEN” MChJ O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma korxonasi direktori, Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Bobojonov Dilshod Mahmudovich

Ozod Olimovich Yuliyev

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Nusrat Hikmatullayev

Aktyor va bloger Nusrat Hikmatullayev

Talabalar fikri

Marsel Asfandiyarov

Salom, mening ismim Marsel Asfandiyarov. Men Boshqirdistondanman, “Boshqirdiston Respublikasi ilmiy-ta’lim markazi boshqaruv kompaniyasi” avtonom notijorat tashkilotining xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisiman. Buxoro davlat texnika universiteti bilan juda yaqin aloqalarimiz bor. Ushbu tashrif davomida biz “Boshqirdiston Respublikasi Yevroosiyo ilmiy-taʼlim markazi” vakolatxonasini tashkil etish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish va qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishdik O'ylaymanki, Buxoro davlat texnika universiteti bilan hamkorligimiz kelajakda yaxshi natijalarga olib keladi. Mehmondo'stligingiz uchun tashakkur.

Olga Kim

Mening ismim Olga Kim, Rossiyaning Milliy tadqiqot texnologik universiteti xalqaro ta'lim bo'limi boshlig'i. Men Buxoro davlat texnika universitetiga bioinjeneriya sohasidagi muhim masalani muhokama qilish uchun keldim. Tashrif davomida biz yangi texnologiyalar va materiallarni yaratish, joriy etish va qo'llash sohasida universitetingiz bilan bioinjeneriya yo'nalishida (1+1 Magistratura) qo'shma taʼlim dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishdik. Men bu erda hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo'lgan ko'plab ilmiy laboratoriyalarni ko'rdim. Umid qilamanki biz bir nechta bioinjeneriya muammolarni hal qilamiz bu odamlarga resurslarni tejashga va xavfini kamaytirishga yordam beradi deb o'ylayman.

Kostin Dmitriy

Kostin Dmitriy Rossiyaning Voronej davlat universiteti prorektori. Buxoroga tashrif buyurish mening orzuim edi. Bu yer ilm-fan markazi, Sharq gavhari, diniy-falsafiy bilimlar maskani, buyuk alloma va mutafakkirlar diyori. Ajoyib donolik, muqaddaslik va ta'lim muhitiga ega shahar. Uning nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilmiy yutuqlari va universal nazariyalari bilan dunyoga mashhur. Bu joyda buyuk o‘tmishini o‘rganish, tojik tilida so‘zlash, o‘zbek tilini o‘rganish va rus tilida ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun behisob imkoniyatlar mavjud.

Chjan Junszyun

Chjan Junszyun Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universiteti prorektori. Biz delegatsiya a'zolari bilan Buxoroga tashrifimiz mobaynida Buxoro davlat texnika universitetida bo'lib, oliygohda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas'ullar bilan muzokara olib bordik. Universitet xorijlik talabalarni tahsil olish va yashashlari uchun yaxshi imkoniyatlar bilan ta’minlagan. Tashrif mobaynida neft-gaz sohasida qo’shma ta’lim dasturini yo’lga qo’yish, akademik mobillik va professor-oʼqituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni olib borish, hamkorlikda seminar-trening kurslari tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishdik. Umuman olganda, biz Buxoroni juda yaxshi ko‘ramiz va Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurishimizdan juda xursandmiz.

Romualdas Klukas

Romualdas Klukas Vilnyus texnika universiteti rektori. Biz Buxoro davlat texnika universitetiga tashrifimiz mobaynida biomuhandislik, arxitektura va qurilish texnologiyasi, barqaror rivojlanish, menejment, muqobil energetika, sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi muhim masalalarni muhokama qilish uchun keldik. Buxoro davlat texnika universiteti – bu O‘zbekistonning muhandislik va texnologiyalar sohasidagi taraqqiyoti uchun muhim ilmiy markazlardan biri. Oliygohning zamonaviy infratuzilmasi, talabalarining intellektual salohiyati va professor-o‘qituvchilarining fidokorona mehnati menda chuqur taassurotga uyg'otdi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqotga bo‘lgan e’tibor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar tahsinga loyiq. Ishonchim komilki, Buxoro davlat texnika universiteti tez orada Markaziy Osiyoda tan olingan yetakchi texnika oliygohlaridan biriga aylanadi deb o‘ylayman.

Mr. Khalil Abdullah Al-Khonji

"Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurganim men uchun chinakam ilhom manbai bo‘ldi. Bu yerda ko‘zga tashlanadigan birinchi jihat – bu institut jamoasining ilm-fanga, texnologik taraqqiyotga va yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashga bo‘lgan fidokorona yondashuvidir. Fakultetlar zamonaviy jihozlangan, laboratoriyalar esa innovatsion izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Talabalar bilan muloqotda ularning bilimga chanqoqligi, o‘z sohasiga mehr bilan qarayotgani sezilib turadi. Shuningdek, ular zamonaviy menejment, muhandislik, yashil texnologiyalar, arxitektura, logistika kabi sohalarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy yondashuvni ham mukammal o‘zlashtirishmoqda. Shubhasiz, bu institut nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun texnologik va intellektual yetakchiga aylanish salohiyatiga ega. Al-Khonji Group sifatida biz ana shunday salohiyatli hamkor bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishdan mamnun bo‘lamiz. Buxoro – bu faqat qadimiy tarix emas, balki kelajakni qurayotgan aqlli avlod maskani ekaniga guvoh bo‘ldim." – Mr. Khalil Abdullah Al-Khonji,

Abdurauf Muhammad

Men Abdurauf Muhammad Misr Respublikasidan bo'lib, Buxoro davlat texnika universitetining talabasi sifatida ushbu oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotganimdan cheksiz mamnunman. Universitet zamonaviy infratuzilmasi, yuqori malakali professor-o‘qituvchilari va innovatsion ta’lim muhiti bilan alohida ajralib turadi. Bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar va keng imkoniyatlar har bir talabaning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, ustozlarning chuqur bilimga egaligi, talabalarga bo‘lgan samimiy munosabati va doimiy qo‘llab-quvvatlashi tahsinga loyiqdir. Universitetda nafaqat sifatli ta’lim, balki boy madaniy muhit va do‘stona jamoa shakllangan. Turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini ko‘rib, o‘zimni bu maskanning ajralmas bir qismi deb his qilaman. Buxoro davlat texnika universiteti – bu bilim, taraqqiyot va yuksak maqsadlar sari yetaklovchi maskan. Men ushbu nufuzli universitet talabasi ekanligimdan faxrlanaman va bu yerda olgan bilimlarim kelajakdagi muvaffaqiyatlarim uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonaman.

Neçet Şimşek

Istanbul Tijorat universiteti rektori Neçet Şimşek. Sizning universitetingizga tashrif buyurish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Buxoro Davlat Texnika Universiteti nafaqat o‘zining zamonaviy infratuzilmasi va yuqori malakali professor-o‘qituvchilari bilan, balki talabalarga yaratilgan qulay ta’lim muhiti va do‘stona jamoasi bilan ham alohida ajralib turadi. Men universitetdagi bilimga chanqoq va faol talaba jamoasi, ustozlarning samimiy yondashuvi hamda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga bo‘lgan fidoyiligi meni chin dildan hayratda qoldirdi. Bu yerda yaratilgan madaniy va ilmiy muhit, shuningdek, turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlik, Buxoro Davlat Texnika Universitetini nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqada ham yetakchi maskanlardan biriga aylantiradi. Shu tashrif davomida men ko‘rgan ilmi va ijodiy ruh meni chuqur hayratda qoldirdi, va umid qilamanki, bizning universitetlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kelajakda yangi muvaffaqiyatlar sari yanada rivojlanadi.

Li Xin

Pekin Ruipan xalqaro ta'lim texnologiyasi kompaniyasi bosh menejeri Li Xin. Buxoro Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurish men uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Universitetning ilmiy va texnologik infratuzilmasi, shuningdek talabalarga yaratilgan qulay va rag‘batlantiruvchi muhit meni chin dildan hayratda qoldirdi. Bu yerda talabalar nafaqat o‘z bilimlarini oshiradi, balki ijodiy va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Universitet jamoasining ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqi, ustozlarning talabalar bilan samimiy muloqoti va doimiy qo‘llab-quvvatlashi meni chuqur ilhomlantirdi. Shuningdek, universitetda yaratilgan madaniy va hamjihatlik muhiti, turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantiradi, bu esa Buxoro Davlat Texnika Universitetini nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda ham hurmatga sazovor qiladi. Men ishonamanki, bu tashrif davomida kuzatilgan tajribalar va bilimlar kelajakda universitetimiz va kompaniyamiz o‘rtasidagi samarali hamkorlik uchun mustahkam asos bo‘ladi. Shu bilan birga, men ushbu maskanning talabalari va jamoasidan kelajakda ko‘plab ijobiy yangiliklar va loyihalarni ko‘rishni intiqlik bilan kutaman.

Hamdy Kandil

Men, Hamdy Kandil Misr Respublikasidan bo'lib, Buxoro Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lishdan katta mamnuniyat his qildim. Bu universitetning ilmiy va texnologik imkoniyatlari, shuningdek talabalarga yaratilgan ijodiy va qulay muhit meni chin dildan hayratga soldi. Universitet nafaqat yuqori sifatli ta’lim beradi, balki talabalarni mustaqil fikrlash, innovatsiyalar yaratish va global maydonda raqobatlashishga tayyorlaydi. Meni ayniqsa universitetdagi jamoaning bilimga bo‘lgan sadoqati va talabalar bilan samimiy muloqoti ta’sirlantirdi. Shu bilan birga, turli madaniyat va millatlardan bo‘lgan talabalarning bir-biriga hurmat va hamjihatlik bilan munosabatda bo‘lishi universitet muhitini yanada boyitadi. Ushbu tashrif davomida men ko‘rgan ilmiy ruh va ijodiy yondashuvlar meni chuqur ilhomlantirdi. Men umid qilamanki, bu tajribalar kelajakda universitet va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi, va Buxoro Davlat Texnika Universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham obro‘li maskan sifatida taniladi.