Andijon davlat pedagogika instituti
12,183
Talabalar
14
Xorijiy talabalar
340
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
32
Kafedralar
2021
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.
Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.
Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Andijon davlat pedagogika institutida Amaliy xorijiy tillar kafedrasi huzurida talabalarning til kompetensiyasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan til kurslari tashkil etilgan. Kurslar tilni chuqurroq o‘zlashtirish va bilimlarini tizimlashtirishni istagan ona til egalari uchun ham, rus yoki ingliz tili ona tili bo‘lmagan talabalarga ham mo‘ljallangan. Asosiy maqsad akademik, kasbiy va madaniyatlararo faoliyat uchun zarur bo‘lgan barqaror kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Kafedra doirasida ikki kurs faoliyat yuritadi: «Intensiv ingliz tili» va «Barchalar uchun rus tili». Dasturlar turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan mutaxassislik talabalari, fakultetlararo ta’lim dasturlari talabalari hamda ingliz va rus tillarini chuqur o‘rganishga qiziqqan barcha shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Kurs nomi: «Intensiv ingliz tili» kursi.
O‘qituvchilar: Usmonov Dilmurod Raxmonjonovich, Baxriddinov Muslimbek Muxiddinovich
«Intensiv ingliz tili» kursi tilning grammatik tizimini chuqur o‘rganish, faol va passiv lug‘at boyligini kengaytirish, akademik yozuv, ommaviy nutq va kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mashg‘ulotlarda autentik materiallar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va raqamli resurslardan foydalaniladi. Shuningdek, tanqidiy o‘qish, ilmiy matnlarni tahlil qilish va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kurs nomi: «Barchalar uchun rus tili» kursi.
O‘qituvchilar: Malikova Umidaxon Batirovna, Madyarova Nasiba Adxamovna
«Barchalar uchun rus tili» kursi turli tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan tinglovchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. O‘quv jarayonida fonetika, leksika va grammatika bo‘yicha bilimlar tizimlashtiriladi, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari takomillashtiriladi, akademik va kasbiy muloqot madaniyati shakllantiriladi. Zamonaviy adabiy til me’yorlari, uslubiy savodxonlik va madaniyatlararo muloqot masalalariga ham katta e’tibor beriladi.
Ushbu kurslar institutda qulay til muhitini yaratishga, talabalar nutqiy tayyorgarligi sifatini oshirishga hamda rus va ingliz tillaridan ta’limiy, ilmiy va kasbiy faoliyatda samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Andijon davlat pedagogika instituti milliy va xalqaro miqyosda faol hamkorlik qilib, xalqaro aloqalarini mustahkamlamoqda. ADPI Xalqaro hamkorlik boʻlimi 20dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan memorandumlar imzolagan boʻlib, ularning aksariyati jahonning top 100, top 500 va top 1000 universitetlari qatoriga kiradi. Ushbu kelishuvlar tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlar va akademik mobillik uchun asos bo‘ldi.
Andijon davlat pedagogika instituti dunyoning turli universitet va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatgan. Hamkorlarimiz qatoriga Fillandiya, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, Polsha, Turkiya, Xitoy, Malayziya va boshqalar kiradi.



Institut oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun, ularni xalqaro malaka oshirish kurslariga, xalqaro forum va konferentsiyalarga yuborishni faol qoʻllab-quvvatlaydi, hamda, talabalarni almashinuv dasturlari va xalqaro amaliyotlarda ishtirok etishga undaydi.
Til kurslari
Xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar
Andijon davlat pedagogika institutida Amaliy xorijiy tillar kafedrasi huzurida talabalarning til kompetensiyasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan til kurslari tashkil etilgan. Kurslar tilni chuqurroq o‘zlashtirish va bilimlarini tizimlashtirishni istagan ona til egalari uchun ham, rus yoki ingliz tili ona tili bo‘lmagan talabalarga ham mo‘ljallangan. Asosiy maqsad akademik, kasbiy va madaniyatlararo faoliyat uchun zarur bo‘lgan barqaror kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Kafedra doirasida ikki kurs faoliyat yuritadi: «Intensiv ingliz tili» va «Barchalar uchun rus tili». Dasturlar turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan mutaxassislik talabalari, fakultetlararo ta’lim dasturlari talabalari hamda ingliz va rus tillarini chuqur o‘rganishga qiziqqan barcha shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Kurs nomi: «Intensiv ingliz tili» kursi.
O‘qituvchilar: Usmonov Dilmurod Raxmonjonovich, Baxriddinov Muslimbek Muxiddinovich
«Intensiv ingliz tili» kursi tilning grammatik tizimini chuqur o‘rganish, faol va passiv lug‘at boyligini kengaytirish, akademik yozuv, ommaviy nutq va kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mashg‘ulotlarda autentik materiallar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va raqamli resurslardan foydalaniladi. Shuningdek, tanqidiy o‘qish, ilmiy matnlarni tahlil qilish va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kurs nomi: «Barchalar uchun rus tili» kursi.
O‘qituvchilar: Malikova Umidaxon Batirovna, Madyarova Nasiba Adxamovna
«Barchalar uchun rus tili» kursi turli tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan tinglovchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. O‘quv jarayonida fonetika, leksika va grammatika bo‘yicha bilimlar tizimlashtiriladi, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari takomillashtiriladi, akademik va kasbiy muloqot madaniyati shakllantiriladi. Zamonaviy adabiy til me’yorlari, uslubiy savodxonlik va madaniyatlararo muloqot masalalariga ham katta e’tibor beriladi.
Ushbu kurslar institutda qulay til muhitini yaratishga, talabalar nutqiy tayyorgarligi sifatini oshirishga hamda rus va ingliz tillaridan ta’limiy, ilmiy va kasbiy faoliyatda samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
ZIYNATULLOH MAMATQODIROV
2004-yil 26-avgust Andijon viloyati Andijon tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek
Ziynatulloh Mamatqodirov o‘zining ilmiy ishlari xamda innavatsion g‘oyalari bilan respublika hamda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman va forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
2022-yil Sportning Karate WKF turi boʻyicha 1-dan Qorabelbogʻ sohibi boʻlgan.
2022-yil Sportning Karate WKF turi boʻyicha Oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan 1-Xalqaro “Umid open” chempionatida 1-oʻrinni egallagan.
2022-yil sportning Regby-7 turi boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan (U-20) oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Andijon viloyati chempionatida 1-oʻrinni egallagan.
2023-yil sportning Regby-15 turi boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan (U-20) oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Andijon viloyati chempionatida 1-oʻrinni egallagan.
2023-yil Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” doirasida oʻtkazilgan “ZakovatQuiz” intellektual oʻyinida 2-oʻrinni egallagan.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti Jismoniy madaniyat fakulteti koordinatori (2022-yil - hozirgacha)
2023-yilda Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan.
Shuningdek, 10 dan ziyod xalqaro jurnallarda nashr etilgan maqolalar muallifi.
DILHAVAS RUSTAMJONOVA
2003-yil 17-noyabrda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Dilhavas Rustamjonova o‘zining ilmiy ishlari hamda innavatsion g‘oyalari bilan respublika hamda xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. U o‘zining mutaxasisligi bo‘yicha 15 dan ziyod xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallamoqda.
Jumladan, 2021-yilda bo‘lib o‘tgan “The Great London Fest” tanlovida, 2023-yilda “Dubai Fest”, “Grand Spain”, “Italy Music Awards”, “Золотое Крыло” kabi onlayn tanlovlarda 1-o‘rinni egallagan.
2023-yilda “Vokal va zamonaviy musiqa”, “Fortepiano”, “Monografiya” mobil-qo‘llanmalari hamda “O‘zbek xalq-og‘zaki ijodiyoti va an’anaviy ijrochilik san’atining rivojlanish ahamiyati” bo‘yicha dasturiy taminot uchun Intellektual mulk agentligini maxsus mualliflik guvohnomasiga ega bo‘lgan.
2023-yilda “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining insitut bosqichida “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimdon talabasi” yo‘nalishida faxrli birinchi o‘rinni oldi va I darajali diplom bilan taqdirlandi.
2023-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, 25 dan ortiq xalqaro va respublika nufuzli jurnallarda va konferensiyalarda nash etilgan maqola va tezislar muallifi.
Fakultetlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta`lim sohasining yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq, Andijon davlat universitetining pedagogika ta`lim sohasi bakalaviriyat ta`lim yo‘nalishlari va magistratura mutahasisiliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilganligi munosabati bilan, 2021- yilda “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022-yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289 sonli qaroriga asosan fakultet nomi “Aniq va tabiiy fanlar” fakultetiga o‘zgartirildi. 2021-2024-yillarda “Biologiya”, “Kimyo”, “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”, “Matematika va informatika”, “Fizika va astranomiya” va “Texnologik ta`lim” yo‘nalishlari bo‘yicha mutahasislar tayyorlangan. 2025-yilda Pedagogika instituti strukturasiga o’zgartirilish kiritilishi munosabati bilan “Aniq va tabiiy fanlar ” fakulteti shakllandi. 2025-2026 o‘quv yilida fakultetda “Biologiya”, “Kimyo” va “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” “Matematika va informatika”, “Fizika va astranomiya” va “Texnologik ta`lim” yo‘nalishlari mavjud.
BAKALAVRIAT TA’LIM YO'NALISHLARI
1)60110800-Kimyo (Pedagog,kimyo fani o’qituvchisi)
2)60110900-Biologiya (Pedagog,biologiya fani o’qituvchisi)
3) 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari (Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o’qituvchisi)
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR
Biologiya va geografiya o`qitish metodikasi (kafedra mudiri (PhD) M.J.Abduraxmonova)
Kimyo o`qtish metodikasi (kafedra mudiri (PhD) N.T.Mo`ydinov)
Fakultetda hozirgi kunda 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 4 nafar PhD, katta o‘qituvchi va assistenlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Ilmiy salohiyat 30% foizni tashkil etadi.
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh kimyogarlar”, “Geoturizm”, “Yosh Floristik va resursshunoslar”, fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 90 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiat sohiblari va turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
Sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, turlari bo‘yicha fakultetda to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda sport to‘garaklarda 100 dan ortiq talabalar o‘zlarining qiziqishlariga ko‘ra ishtirok etmoqda.
YUTUQ VA G‘ALABALAR
2023-2024 oʻquv yilida Abduxalilova Madinaxon Abdurayim qizi - Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Islom Karimov davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan.
2023-2024 oʻquv yilida Xoliqberdiyeva Shaxrizoda Baxromjon qizi - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi. Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan.
“Yil talabasi-2023 “respublika tanlovining institut bosqichida “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”nominatsiyasi bo‘yicha. 3-o‘rini Qodirov Islombek Adahamjon o‘g‘li Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi egalladi.
Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023”doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalaridan iborat "Beruniy izdoshlari" jamoasi faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023”doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabalari iborat "Beruniy izdoshlari" jamoasi faxrli I-o‘rinni 3-bosqich kimyo ta’lim yo‘nalishi iborat "Kimyogarlar" jamoasi esa III-o‘rinni qo‘lga qo‘lga kiritdi.
Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023” doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha o‘g'il bolalar o‘rtasida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Mansurov Zavqiddin faxrli III-o‘rinni egalladi.
Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Talaba Fest-2023” doirasida institut talabalari (kechki, sirtqi, kunduzgi) shaxmat sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabasi Ashuraliyeva Nigora faxrli I-o‘rinni egalladi.
O‘zbek tili
Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti
Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti institutning yetakchi fakultetlaridan biri bo‘lib, ta’lim va tarbiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet tarkibida maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, maxsus pedagogika, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi kafedralar mavjud.
Fakultetda professorlar, dotsentlar, fan doktorlari (DSc), falsafa doktorlari (PhD), katta o‘qituvchilar va o‘qituvchilardan iborat salohiyatli ilmiy-pedagogik jamoa faoliyat olib boradi. Ularning ilmiy va amaliy tajribasi talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Fakultetda maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, psixologiya, maxsus pedagogika, pedagogika va ta’lim metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi.
Fakultet talabalari nafaqat o‘quv jarayonida, balki ilmiy tadqiqotlar, sport musobaqalari, respublika va xalqaro tanlovlarda ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Iqtidorli talabalar davlat stipendiyalari, grantlar va turli mukofotlarga sazovor bo‘lib, institut nufuzining oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Andijon pedagogika institutining muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar va amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Fakultet tarkibida turli ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi kafedralar mavjud bo‘lib, ularda professorlar, dotsentlar, fan doktorlari (DSc), falsafa doktorlari (PhD), katta o‘qituvchilar va malakali o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ularning ilmiy-pedagogik salohiyati talabalarning zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni egallashida muhim o‘rin tutadi.
Fakultetda ta’lim jarayoni kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etilgan. Talabalar bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy bilim hamda amaliy tajriba orttiradilar.
Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari va zamonaviy o‘qitish metodlaridan keng foydalaniladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminarlar, olimpiadalar va turli tanlovlarda faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar.
Fakultet bitiruvchilari ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa sohalarda samarali faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Pedagogika fakulteti
Pedagogika fakulteti Andijon pedagogika institutining yetakchi fakultetlaridan biri bo‘lib, ta’lim va tarbiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet pedagogika fanini rivojlantirish hamda kelajak pedagoglarini zamonaviy talablarga mos ravishda tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Fakultet tarkibida pedagogika, psixologiya, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boruvchi kafedralar faoliyat yuritadi. Fakultetda professorlar, dotsentlar, fan doktorlari (DSc), falsafa doktorlari (PhD), katta o‘qituvchilar va malakali o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar.
Ta’lim jarayoni kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, bakalavriat va magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlanadi. O‘quv dasturlari zamonaviy ta’lim standartlari va mehnat bozori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Fakultetda innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari hamda zamonaviy o‘qitish metodlaridan keng foydalaniladi. Talabalar ilmiy konferensiyalar, seminarlar, fan olimpiadalari, turli tanlovlar va ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.
Fakultet bitiruvchilari umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda boshqa ta’lim va ijtimoiy sohalarda samarali faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Filologiya fakulteti
Filologiya fakulteti Andijon pedagogika institutining nufuzli fakultetlaridan biri bo‘lib, til, adabiyot va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet zamonaviy ta’lim standartlari asosida filologiya sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Fakultet tarkibida o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar, tarjimashunoslik hamda filologiyaning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boruvchi kafedralar faoliyat yuritadi. Kafedralarda professorlar, dotsentlar, fan doktorlari (DSc), falsafa doktorlari (PhD), katta o‘qituvchilar va malakali o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar.
Ta’lim jarayoni kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, bakalavriat va magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Talabalar tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyoti, nutq madaniyati hamda zamonaviy kommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Fakultetda innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari va ilg‘or o‘qitish metodlaridan keng foydalaniladi. Talabalar ilmiy konferensiyalar, seminarlar, adabiy tanlovlar, fan olimpiadalari va xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.
Fakultet bitiruvchilari ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, tarjima markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlarida samarali faoliyat yuritib, mamlakatning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Maxsus peadagogika (oligofrenopedagogika) 60112700 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
14 500 000 so'm
yiliga
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
14 500 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Nabiyev Hasanboy
Akbarjon Akmaljonov
Soxibaxon Nurmuhammedova
Azizaxon No‘monova
Dilshoda Usmonova
Talabalar fikri
Ziynatulloh Mamatqodirov
Nabiyev Hasanboy