Al-Xorazmiy universiteti
98
Talabalar
0
Xorijiy talabalar
8
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
1
Kafedralar
2025
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Tarix va Tashkil Topishi
Al-Xorazmiy universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-160-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning texnologiyalar, muhandislik va sun’iy intellekt sohalaridagi ta’limni modernizatsiya qilish va xalqaro darajaga olib chiqishga qaratilgan milliy strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Universitet buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomi bilan atalgan bo‘lib, Xorazm zaminida shakllangan ilmiy tafakkur va innovatsion ruhni o‘zida mujassam etadi.
Universitetning tashkil etilishi mamlakatda yangi ta’lim madaniyatiga asos solgan New Uzbekistan University (NewUU) tajribasi va muvaffaqiyatli modeli asosida shakllantirilgan. Uning xalqaro hamkorliklari, o‘quv dasturlari va boshqaruv tizimlaridan ilhomlangan holda, Al-Xorazmiy universiteti ushbu sinovdan o‘tgan yondashuvni O‘zbekistonning g‘arbiy hududlari va undan tashqaridagi ehtiyojlarga moslashtiradi. Universitetning asosiy maqsadlaridan biri — xalqaro standartlarga javob beradigan, kelajak talablariga mos malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Universitetning tashkil etilishi nafaqat ta’lim sohasidagi islohotlarning davomidir, balki an’ana va kelajakni uyg‘unlashtirgan, jahon darajasidagi ta’limni Markaziy Osiyoning boy ilmiy merosi bilan birlashtirgan zamonaviy akademik muassasa yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ta’sischi Tashkilotlar
Al-Xorazmiy universiteti O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining strategik rahbarligi ostida tashkil etilgan. Mamlakatda jahon darajasidagi oliy ta’lim markazlarini yaratishga qaratilgan milliy tashabbusning bir qismi sifatida universitet davlatning fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi ta’lim sifatini yuksaltirishga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etadi.
Mazkur asos universitet faoliyatining mustahkam huquqiy va institutsional poydevorga ega bo‘lishini, kuchli qo‘llab-quvvatlash tizimi asosida ishlashini hamda milliy ta’lim islohotlari bilan uzviy uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi. Xususan, universitet New Uzbekistan University tajribasi va erishgan muvaffaqiyatlaridan ilhomlangan holda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Xorijiy talabalar uchun
Al-Xorazmiy universiteti xalqaro talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Universitetdagi barcha bakalavriat dasturlari ingliz tilida olib boriladi hamda kampusda to‘liq ingliz tili muhiti shakllantirilgan. Talabalar xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlari asosida tahsil olib, xorijiy professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa talabalarning akademik va kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi hamda ularni global mehnat bozoriga tayyorlaydi.
Universitet xalqaro talabalarni qabul qilish va moslashtirish jarayonida har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi. Xususan, talabalarga viza rasmiylashtirish, migratsiya hujjatlarini tayyorlash va O‘zbekistonga kelish jarayonida konsultativ yordam taqdim etiladi. Shuningdek, universitet zamonaviy talabalar turar joylari bilan ta’minlash, aeroportdan kutib olish, kampus hayotiga moslashish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu imkoniyatlar xorijiy talabalarga xavfsiz, qulay va samarali ta’lim olish muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik
Al-Xorazmiy universitetida xalqaro hamkorlik ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Universitetning xalqaro hamkorlik siyosati akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi, xalqaro grantlar hamda sanoat hamkorliklarini rivojlantirishga qaratilgan.
Universitet sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot muhandisligi, dron texnologiyalari, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar yo‘nalishlarida Buyuk Britaniya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda.
2025-yilda Cambridge University, Zhejiang University, Khalifa University kabi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Zhejiang University of Technology (Xitoy), Saint Petersburg State University of Aerospace Instrumentation – GUAP (Rossiya) hamda Northumbria University (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik va anglashuv memorandumlari (MoU) imzolandi. Hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari belgilab olindi.
Universitet Xalqaro Fibonacci Olimpiada markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, Huawei ICT Academy a’zoligiga qabul qilindi hamda talabalar xalqaro sertifikatlash va malaka oshirish kurslariga jalb etildi. Shuningdek, Google Developer Groups (GDG) bilan hamkorlikda GDG Urganch chapteri tashkil etildi.
Fulbright Specialist Program, Erasmus+ va KOICA kabi xalqaro dasturlar doirasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Universitet faoliyatiga xorijiy professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar jalb qilinib, xalqaro grantlar va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur hamkorliklar universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, zamonaviy bilim va texnologiyalar transferini ta’minlash hamda global raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Fakultetlar
Al-Xorazmiy Universitetining Matematika va Informatika maktabi talabalarni texnologiyalar, ma’lumotlar va raqamli innovatsiyalar tez rivojlanayotgan zamonaviy dunyoga tayyorlaydi. Maktab kuchli matematik asoslarni zamonaviy kompyuter fanlari yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashtirib, analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi.
Talabalar Dasturiy injiniring, Amaliy matematika va Kiberxavfsizlik kabi xalqaro yo‘nalishlarda tahsil olib, dasturlash, algoritmlar, ma’lumotlar tahlili, matematik modellashtirish, axborot tizimlari va raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Sun’iy intellekt maktabi talabalarni kelajakni shakllantiruvchi aqlli texnologiyalarni yaratish va rivojlantirishga tayyorlashga qaratilgan. Maktab kompyuter fanlari, matematika va muhandislik tamoyillarini birlashtirib, talabalarga sun’iy intellekt sohasida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar beradi.
Talabalar aqlli tizimlarni yaratish, mashinaviy o‘rganish algoritmlari bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalar orqali real muammolarni hal qilishni o‘rganadilar.
Al-Xorazmiy Universitetining Aerokosmik texnologiyalar muhandisligi maktabi talabalarni aerokosmik va uchuvchisiz texnologiyalar sohasidagi zamonaviy kasblarga tayyorlaydi. Maktab muhandislik, robototexnika, sun’iy intellekt va zamonaviy loyihalash usullarini birlashtirib, aviatsiya va avtonom tizimlarning kelajagi uchun innovatsion yechimlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Maktab Aerokosmik muhandislik va Dron texnologiyalari muhandisligi kabi dasturlarni taklif etadi. Ushbu yo‘nalishlarda aerokosmik tizimlar, UAV (uchuvchisiz uchish apparatlari) texnologiyalari, parvozlarni boshqarish, robototexnika, sensorlar va avtonom tizimlar o‘rganiladi. Talabalar ilg‘or aerokosmik va dron texnologiyalarini loyihalash, ishlab chiqish hamda boshqarish uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Ta'lim yo'nalishlari
| Aerokosmik muhandislik 60712800 | Bakalavr |
| Amaliy lingvistika va TESOL 70230701 | Magistr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 | Magistr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Al-Xorazmiy universiteti
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)
—
Al-Xorazmiy universiteti
Amaliy lingvistika va TESOL
—
Al-Xorazmiy universiteti
Matematika
50 000 000 so'm
yiliga
Al-Xorazmiy universiteti
Axborot xavfsizligi
50 000 000 so'm
yiliga
Al-Xorazmiy universiteti
Dasturiy injiniring
50 000 000 so'm
yiliga
Al-Xorazmiy universiteti
Sun’iy intellekt
50 000 000 so'm
yiliga
Al-Xorazmiy universiteti
Aerokosmik muhandislik
—
Mashhur bitiruvchilar
Shaxzoda Kamalova
Abubakirov Azizbek
Gulshoda Qo’ziboyeva
Durdona Yo‘ldoshova
Talabalar fikri
Otaxonov Otabek
Madaminov Abrorbek
Jahongir Jumanazarov