WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi
 ─ Qishloq xo‘jaligi ta’lim sohasiga oid yo‘nalishi bo‘lib, yer, suv, energetik va moddiy ─ texnika resurslaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlarini mavsumda ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish;
 ─ mahsulotlar hosildorligi va sifatini oshirish, kasbiy faoliyatida texnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi.
60811900 ─ Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
 ─ yer, suv, energetik va moddiy ─ texnika resurslari, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari, qo‘shimcha kimyoviy va biologik vositalar;
 ─ texnik asbob ─ uskunalari;
 ─ qishloq xo‘jalik tizimidagi ishlab chiqarish jarayonlari;
 ─ sabzavotchilik xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan yetishtirish texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonlari;
 ─ ilmiy tadqiqot jarayonlari;
 ─ sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarining boshqaruv tizimlari;
 ─ kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan issiqxona xo‘jaligi ekinlari.

O'xshash dasturlar