Dastur haqida
Arxitektura (turlari bo‘yicha)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi–fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sоhasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga –arxitektura qurilish sohasida, bino va inshootlar loyihaviy yechimlarni yaratish, shaharsozlik, transport obodonlashtirish, landshaft tizimlarini loyihalashtirish, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash, sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalar binolarni barpo etish va eskpluatatsiya qilish bilan bog‘liq majmuiy masalalarni yechish, ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashdagi inson faoliyati, usullari, metodlari majmuasini qamrab oladi konstruktiv sxemali bino va inshootlar tarkibida ishlovchi qurilish elementlarini tayyorlash tashkil etish va boshqarish servis xizmatining raqobatbardoshligi, qurilish ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirish va takomillashtirish, ularni lоyihalash, texnоlоgik jarayonlarda xizmat ko‘rsatish usullari va vоsitalari, ishlab chiqarish bilan bоg‘liq kоmpleks masalalar majmuasini qamrab оladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: Qurilish ya uy-joy komunal xujaligi vazirligi tasarrufidagi arxitektura qurilish nazorati inspeksiyalarda, barcha viloyat, shahar va tuman arxitektura qurilish boshqarmalari, loyihalash tashkiloti va institutlari, bino va inshootlar, shaharlar, shaharsozlik va landshaft obyektlari, bino va inshootlar bosh rejalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda arxitektorlik ishlarga rahbarlik qilish;
loyiha-tahliliy: arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy bino va inshootlar qurilishi yutuqlaridan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, loyixalash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ishlash va sohaga tegishli turli kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi;
ilmiy-tadqiqot: Arxitektura qurilish sohasida shaharlar xududi, shaharsozlik, bino va inshootlar loyihalash sohasiga oid texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar, qurilmalar, materiallar va arxitekturaviy uslublar, zamonaviy kostruktiv yechimlarni amaliyotga tatbiq etish, arxitektura nazariyasi va tarixi, zamonaviy arxitektura yechimlarni ilmiy asoslanishda va zarur bo‘lgan tashkiliy ishlarda ishtirok etadi. Bino va inshootlar loyihalashda, yangi arxitekturaviy yechimlarni yaratishda va amaliyotga tatbiq etishda ilmiy manbalarni o‘rganish, yangi zamonaviy axborot texnologiyasini amaliy jarayonda va zarur bo‘lgan tashkiliy ishlarda faol qo‘llaydi. Respublika va horijda chop etilgan arxitektura qurilish sohasiga oid ilmiy texnik axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganadi. Ilmiy-tadqiqot va amaliy loyiha ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etadi. Mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etadi. Internet tarmog‘idan eng yangi ilmiy, konstruktiv va texnologik, yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirib topa oladi. Itmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish jamoasida ilmiy natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda va kasbiy faoliyat masalalarini yechish qobiliyatlariga ega bo‘lish va ularning natijalariga ishlоv berishda faоl qatnashish kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jami auditoriya soati: 6240 soat
Malkaviy amaliyot: 840 soat
Davlat attestatsiyasi: 120 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
6 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
8 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
48 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
6 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko‘rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Kadastr
—
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
14 400 011 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
14 400 010 so'm
yiliga
University of Business and Science
Geodeziya va geoinformatika
—
Namangan davlat texnika universiteti
Kadastr
13 000 000 so'm
yiliga