WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

O'zbek tili va adabiyoti

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60111400 – O'zbek tili va adabiyoti. O'zbek tilining fonetikasi, leksikologiyasi, grammatikasi va stilistikasi, tilshunoslik nazariyasi, o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti, adabiyotshunoslik nazariyasi, matnshunoslik va manbashunoslik, nutq madaniyati hamda ona tili va adabiyotni o'qitish metodikasini egallash bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar uzluksiz ta'limning umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari hamda oliy ta'lim muassasalarida ona tili va adabiyot o'qituvchisi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida mutaxassis, davlat boshqaruvi organlarida til va hujjatchilik bo'yicha xodim, nashriyotlarda muharrir va musahhih, ommaviy axborot vositalarida jurnalist va matn muharriri, shuningdek kutubxona, muzey va madaniyat muassasalarida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar