WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Teatr san’ati

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalarga teatr san’atining nazariy va amaliy  asoslarini, teatr san’atining  asosiy elementlari va janrlari jahon va o‘zbek teatri tarixi, rivojlanish jarayonlari, aktyorlik, rejissyorlik, dramaturgiya san’atidagi zamonaviy jarayonlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Ushbu  maqsadga erishish uchun teatr san’atining  nazariy va amaliy ko‘nikmalari, ilmiy jarayonlariga metodik va kreativ yondashasiz. Biz bilan ta’lim oling, ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 3 semestr (2 yil) davomida 120 kredit to‘plashingiz zarur bo ‘ladi.

Jami auditoriya soati 900 soat

Ilmiy amaliyot soati 150 soat

Ilmiy-pedagogik ish  210 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 540 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar

 soni

Semestrlar

 soni

Yakuniy davlat atestatsiyasi

Nazariy talim va ilmiy faoliyat

45

1-3

 

 

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

5

4

Attestatsiya

16

1-3

Ilmiy-tadqiqot ishi va

magistrlik dissertatsiyasi

13

4

Ta’tillar

18

1-4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

120

 

           

   Izoh:

1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2. Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.

3. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.

4. Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

O'xshash dasturlar