WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70112301 ─ Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda magistr dasturining meyoriy muddati 2 yil.
70112301 ─ Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim)
mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy ta’limning sohalari: umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda Texnologiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
o‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
oliy ta’limda texnologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadr tayyorlashi kafedra o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
qayta tayyorlash, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida texnologiya ta’limi metodikasiga oid fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
70112301 ─ Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) ─
 ─ uzluksiz ta’limda texnologiya fani o‘qitish jarayoni;
ta’limning nazariy masalalari;
o‘qitish metodikasi;
fanlar akademiyasi;
tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlari va markazlari;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ─ tadqiqot faoliyati va jarayonlari;
loyihalashtirish asosida o‘quv jarayonini boshqarish texnologiyalari;
ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni;
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim tarbiya jarayoni;
ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni;
ta’limni boshqarish va pedogogik jarayonni tashkil etish;
mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqot jarayonlari;
ma’naviy ─ ma’rifiy targ‘ibot ishlari jarayonini qamrab oladi;
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyati va jarayonlarini olib boradi.

O'xshash dasturlar