WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Suv xo‘jaligida Smart (intellektual) o‘lchash tizimlari va asboblari

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70810502-Suv xoʼjaligida Smart (intellektual) oʼlchash tizimlari va asboblari mutaxassisligi – fan, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish hamda xizmat koʼrsatish sohasidagi mutaxassislik boʼlib, u oʼz ichiga intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari, ularni loyihalash va ishlab chiqarish, ishlab chiqarish texnologiyalari, fizik kattaliklarni zamonaviy oʼlchash usullari va vositalaridan foydalanish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari, intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari, yuqori aniqlikka ega intellectual oʼlchash va nazorat qilish tizimlarini loyihalash, zamonaviy oʼlchash datchiklari, raqamli texnik vositalar ishlab chiqarish obʼektlarida sunʼiy intellekt, samarali algoritmlar, programmalar va intellektual texnik vositalar, sugʼorish tizimlarida optimal sugʼorish rejimlarini taʼminlash, intellektual datchiklarni joriy etish, gidromeliorativ tizimlarda intellektual oʼlchash, suv xoʼjaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida zamonaviy intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va energiya resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq qilish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.

O'xshash dasturlar