WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70530701 ─ Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining meyoriy muddati 2 yil.
70530701 ─ Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
70530701 ─ Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi ─ Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy ─ tadqiqot institutida;
O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zagrokimyohimoya aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi xamda ularning tasarrufidagi tashkilotlarda;
viloyatlar fermer xo‘jaliklari uyushmalarida;
viloyat, tuman, uchastka va xususiy tuproqshunoslik laboratoriyalari, bo‘limlari, punktlari, shahobchalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘lishi mumkin.
 70530701 ─ Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
 ─ fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ─ tadqiqot bo‘limlari;
 ─ o‘rta maxsus, kasb ─ hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
 ─ ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari;
 ─ ( qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari;
 ─ ( davlat boshqaruvi va uning turli hududiy bo‘linmalari;
 ─ Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi bo‘limlari;
 ─ O‘zagrokimyohimoya AJ va uning hududiy bo‘linmalari;
 ─ Tuproqshunoslik sohasida ilmiy ─ eksperimental tadqiqotlar;
 ─ Tuproqshunoslik faoliyatiga doir meyoriy ─ huquqiy hujjatlar;
 ─ ilmiy ─ tadqiqot va ta’lim muassasalari.

O'xshash dasturlar