WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Fizika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60110700 - Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- umumiy oʻrta ta'lim maktab oʻqituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda fizika va astronomiya fani oʻqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- oʻrta maxsus va professional ta'limda fizika va astronomiya fani oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-ishlab chiqarish sohasida fizik, astronom, muhandis-tadqiqotchi;

-turli tadbirkorlik sub'ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;

-O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda akademik litsey, kasb-hunar maktablari direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'limda laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60110700 - Fizika va astronomiya ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

-O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot

institutlarida;

- ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;

davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

-ommaviy axborot vositalari; davlat boshqaruvi organlari;

-ishlab chiqarish korxonalari;

60110700 Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida

fizika va astronomiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, fizika va astronomiya muammolari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi

O'xshash dasturlar