WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kechki 4.5 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va kasbiy malakalarga ega bo‘lasiz. Mazkur yo‘nalish zamonaviy ta’lim tizimida muhim o‘rin egallab, xorijiy tillarni mukammal biladigan, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ingliz tili bugungi globallashuv davrida eng zarur va talab yuqori bo‘lgan tillardan biri hisoblanadi.

Siz 4 yil davomida ingliz tilining nazariy va amaliy asoslarini, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi hamda zamonaviy o‘qitish metodikalarini chuqur o‘rganasiz. Shuningdek, pedagogik amaliyot jarayonida o‘z bilimlaringizni amalda qo‘llash va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 1994 soat

Malakaviy va pedagogik amaliyot: 900 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar