WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Oriental universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

11,000

Talabalar

3

Xorijiy talabalar

324

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

19

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Oriental Universiteti 2021-yilda tashkil etildi va O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o’z faoliyatini boshladi.  2024-yilga kelib esa, universitet tezlik bilan xalqaro maydonga kirib bordi va rejalarini xalqaro darajaga olib chiqib rebrending o’tkazdi! Shunday qilib, Oriental Universiteti o’z g’oyalarini yangi brend ko’rinishda jamlab Ta’lim olamiga qayta kirib keldi!
2024-yilni rebrending bilan boshlagan universitetimiz, faoliyatini kengaytirgan holda Samarqandda yangi kampusini ochdi va barcha yo’nalishlarda ta’limni yo’lga qo’ydi.


Universitetimizda:
28 ta bakalavriat yo’nalishlari
14 ta magistratura mutaxassisliklari
(va xususiy uniersitetlar orasida ilk bor) 4 ta doktorantura ixtisosliklari
bo’yicha, umumhisobda 50 ga yaqin yo’nalishlar mavjud.
Hozir, Oriental universietida jami 8500dan ortiq talabalar tahsil olmoqda

 

 

Xorijiy talabalar uchun

 

🏠 Talabalar Yotoqxonasi
Xorijiy talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega xavfsiz va qulay turar joy taqdim etiladi.

🛂 Viza va Migratsiya Yordami
Universitet ro‘yxatdan o‘tish, viza olish va yashash uchun ruxsatnoma jarayonlarida yordam ko‘rsatadi.

📚 Akademik va Maslahat Qo‘llab-quvvatlashi
Xorijiy talabalar uchun moslashtirilgan o‘quv materiallari va akademik maslahatchilar taqdim etiladi.

🎉 Madaniy Integratsiya va Dam olish
Tadbirlar, klublar va festivallar mehmondo‘st va inklyuziv muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

💻 Zamonaviy Infratuzilma
Axborot-resurs markazi, ilg‘or kompyuter laboratoriyalari, sport inshootlari va zamonaviy kutubxonadan foydalanish imkoniyati mavjud.

Hozircha xorijiy talabalar uchun stipendiyalar mavjud emas.

Oriental University’dagi viza jarayoni:

Shartnoma asosida o‘quv to‘lovi to‘langanidan so‘ng, Oriental University (OU) talabalar nomidan viza olish uchun ariza beradi.

OUga qabul qilingan abituriyentlar quyidagi tartib bo‘yicha A-1 vizasiga murojaat qilishlari talab etiladi:

  1. OU O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (TIV) rasmiy viza so‘rovi bilan murojaat qiladi.

  2. TIV arizani ko‘rib chiqqach, telex raqami beradi.

  3. Ushbu telex raqami asosida talaba o‘z mamlakatidagi O‘zbekiston Elchixonasi yoki Konsulligidan vizani oladi.

Viza jarayonini boshlash uchun abituriyentlar quyidagi hujjatlarni OU Xalqaro hamkorlik bo‘limining elektron pochtasiga (http://international@orientaluniversity.uz) yuborishlari kerak:

✅ Rasmiy so‘rov xati
✅ Amaldagi (safar uchun yaroqli) pasport nusxasi

O‘zbekistonning immigratsiya qoidalariga ko‘ra, barcha xorijiy fuqarolar mamlakatga kirgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida mahalliy ro‘yxatga olish organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Shu bilan birga, mehmonxonalarda yashayotganlar mehmonxona tomonidan avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tmaslik yoki kechikib (kelgan kundan keyin 3 ish kunidan so‘ng) ro‘yxatdan o‘tish ma’muriy jarima qo‘llanishiga olib keladi.

Muhim eslatma: Agar ariza beruvchi O‘zbekiston bilan vizasiz rejimga ega bo‘lmagan davlat fuqarosi bo‘lsa, unda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mamlakatga kirish uchun kirish vizasi talab etiladi. Konsullik yig‘imlari va viza siyosati bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: 👉 https://gov.uz/en/mfa/activity_page/o-zbekiston-respublikasi-vizasi

Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda Oriental Universiteti dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan 30 dan ortiq memorandum va kelishuvlarni imzolagan. Masalan, Malayziya, Turkiya, Qatar, Indoneziya, Quvayt, Latviya va boshqalar.

Har yili bizning universitetimizdan talabalar amaliyot o‘tash yoki almashinuv dasturlari orqali dunyoning eng yaxshi universitetlariga, xususan, Malayziya, Turkiya va arab mamlakatlariga yuboriladi.

Bizning universitetimiz O‘zbekistondagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan birinchi (xususiy universitetlar orasida) oliy ta'lim muassasalaridan biridir. Biz Quvayt Investitsiya Kompaniyasi (KIC) bilan memorandum imzoladik. Ushbu memorandum asosida, KIC bilan hamkorlikda Sharq universiteti zamonaviy kampus va talabalar yotoqxonalarini quradi, xalqaro akkreditatsiya oladi va TOP 1000 ro‘yxatiga kirishni rejalashtirmoqda.

Oriental Xalqaro Hamkorlik Bo‘limining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • xorijiy oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • akademiya rahbariyati, xodimlari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining xorijiy safarlarini tashkil etish;
  • xalqaro konferensiyalar, seminarlar va vebinarlar kabi tadbirlarni tashkil etish;
  • xalqaro grant loyihalarda ishtirok etish;
  • akademik jarayonga xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish;
  • xorijiy talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan ishlash.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Student Success Text

Fakultetlar

Oriental universiteti tarkibidagi Filologiya fakultetida jami 1026 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari (“Sharq tillari” kafedrasi, “G‘arb tillari” kafedrasi, “O‘zbek va sharq tillari” kafedrasi) mavjud bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida darslar olib boriladi:

• 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili);
• 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili);
• 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili);
• 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (turk tili);
• 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);
• 60110800 – Ona tili va adabiyoti (rus tili);
• 60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti.

Filologiya fakultetining “Sharq tillari” kafedrasida ayni vaqtda 41 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 3 nafar fan doktori (DSc) professor, 12 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent, 11 nafar katta o‘qituvchi hamda 15 nafar o‘qituvchini qamrab olgan.
“Sharq tillari” kafedrasida Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan 4 nafar PhD va dotsent ilmiy unvoniga ega xalqaro toifadagi professor-o‘qituvchilar pedagogik faoliyatini yuritib kelmoqda.
Filologiya fakultetining “G‘arb tillari” kafedrasida ayni vaqtda 41 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 4 nafar fan doktori (DSc) professor, 11 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent, 19 nafar katta o‘qituvchi hamda 8 nafar o‘qituvchini qamrab olgan.
Filologiya fakultetining “O‘zbek va sharq tillari” kafedrasida ayni vaqtda 18 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 2 nafar fan doktori (DSc) professor, 6 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi hamda 8 nafar o‘qituvchini qamrab olgan.

Oriental universiteti tarkibidagi Tarix fakultetida jami 1262 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta mutaxassislik kafedrasi “Tarix” kafedrasi mavjud bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim shakllarida darslar olib boriladi:

• 60111100 – Tarix (kunduzgi, kechki, sirtqi);
• 60220300 – Tarix (kunduzgi, sirtqi);
• 60220300 – Tarix: Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha (kunduzgi, kechki, sirtqi).

Tarix fakultetining “Tarix kafedrasi”da ayni vaqtda 47 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 9 nafar professor, 23 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi hamda 1 nafar stajor-tadqiqotchini qamrab olgan.

Jami talabalar - 1262

Tarix yo'nailishi - 361

Mamlakatlar aro‎ - 901

Oriental universiteti tarkibidagi Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida jami 2347 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari – “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi, “Moliya va menejment kafedrasi” hamda “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mavjud bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida darslar olib boriladi:

• 61010100 – Iqtisodiyot (kunduzgi, kechki);
• 61010400 – Turizm (kunduzgi, kechki);
• 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar (kunduzgi);
• 60410800 – Menejment (sirtqi);
• 60410200 – Buhgalteriya hisobi (kunduzgi);
• 60410600 – Bank ishi (kunduzgi);
• 60410600 – Dasturiy injiniring (kunduzgi);
• 60540100 - Matematika (kunduzgi).

Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida ayni vaqtda 23 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 4 nafar dotsent v.b. , 8 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi hamda 4 nafar stajor-o‘qituvchini qamrab olgan.
Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “Moliya va menejment” kafedrasida ayni vaqtda 9 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 4 nafar professor, 2 nafar dotsent, 2 nafar o‘qituvchi hamda 1 nafar stajor-o‘qituvchini qamrab olgan.

Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasida ayni vaqtda 10 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi hamda 2 nafar o‘qituvchini qamrab olgan.

Oriental universiteti tarkibidagi Pedagogika fakultetida jami 2176 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta mutaxassislik kafedradi – “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi mavjud bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida darslar olib boriladi:
• 60310300 – Psixologiya;
• 60110100 – Pedagogika;
• 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim;
• 60110200 – Maktabgacha ta’lim;
• 60110300 – Maxsus pedagogika;

Pedagogika fakultetining “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasida ayni vaqtda 53 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 9 nafar fan doktori (DSc) professor, 22 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent, 12 nafar katta o‘qituvchi hamda 10 nafar o‘qituvchini qamrab olgan.

Jami talabalar - 2176

Professor-o'qituvchilar - 37

Oriental universiteti tarkibidagi Jismoniy tarbiya fakultetida jami 661 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta mutaxassislik kafedrasi – “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mavjud bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida darslar olib boriladi:
• 60111200 – Jismoniy madaniyat (kunduzgi, sirtqi);
• 60112200 – Jismoniy madaniyat (kunduzgi, sirtqi);
• 60111900 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport (kunduzgi, sirtqi).

Jismoniy tarbiya fakultetining “Jismoniy tarbiya” kafedrasida ayni vaqtda 19 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha – 3 nafar professor, 1 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent, 3 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi hamda 1 nafar stajyor-o‘qituvchini qamrab olgan.

Jami talabalar - 661

Professor-o'qituvchilar - 10

Ta'lim yo'nalishlari

Bank ishi 60410600 Bakalavr
Biznes boshqaruvi Bakalavr
Biznes boshqaruvi (MBA) 70410901 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Magistr
Davlat moliyaviy nazorati va auditi 70410506 Magistr
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Turk tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 Bakalavr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Lingvistika (arab tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr Magistr
Menejment (Ta'lim menejmenti) Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Ona tili va adabiyot : o'zbek tili 60110800 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Pedagogika va psixologiya 70110102 Magistr
Psixologiya 60310300 Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Raqamli iqtisodiyot 70310501 Magistr
Raqamli iqtisodiyot 70410110 Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr Magistr
Tarix 70220301 Magistr
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 Bakalavr
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Sharipov Hayotjon Safarovich

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi maslahatchisi

Yuldasheva Kamola Miraliyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti, ISFT (International school of Finance and Technology) instituti Menejment kafedrasi o'qituvchisi

Jamshid Usmonov

Davr bank ATB direktor o'rinbosari

Po'latov Ulug'bek Shavkat o'g'li

Profi University rektor maslahatchisi

Qayimova Maftuna Tursunovna

Ijtimoiy pedagogika yo'nalishida Oila va gender Ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti