WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz arab tili grammatikasi, fonetikasi, leksikasi, klassik va zamonaviy arab adabiyoti, arab tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, til o‘qitish texnologiyalari va sharqshunoslik bilimlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lasiz. Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) hozirgi kunda maktab, litsey va oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar yetishmovchiligi, madaniy merosni rivojlantirish, xalqaro aloqalar, ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy merosni o‘rganishning dolzarbligi sababli muhim sohalardan hisoblanadi.

Siz 4 yil davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariv va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 2520 soat

Malkaviy amaliyot: 450 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar