WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Musiqa ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta’lim yo‘nalish nomi:  “60110600-Musiqa ta’limi”

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha siz musiqa san’ati, musiqa nazariyasi, cholg’u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, vokal ijrochiligi, musiqa o’qitish metodikasi, musiqa o’qitish texnologiyalari hamda loyihalash faoliyatiga oid zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi. Ular musiqa cholg’ularida, loyihalarni vizual taqdim etish, texnik chizmalar tayyorlash, hamda raqamli grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar.

Musiqa ta’limi yo‘nalishi – bu maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari, umumiy o’rta ta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan san’at maktablari o‘quvchilariga musiqa san’atiga va oid nazariy bilimlar berish bilan birga, ularni amaliy mashg‘ulotlar orqali milliy va zamonaviy musiqalarni tinglsh ko’nikmalarini rivojlantirish, musiqiy cholg’ularni ijrochiligini o‘rgatish, ularning ba’diy-estetik tafakkuri va  ko‘nikmalarini rivojlantirish demakdir.

Siz 3 yil davomida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirasiz:

  • Musiqaning elementar nazariyasini
  • Musiqiy cholg’ular ijrochiligi (turlari bo‘yicha)
  • An’anaviy xonandalik, qo’shiq kuylash malakalarini
  • Maktabgacha ta’limda musiqa mashg’ulotlarini o‘qitish metodikasini
  • Garmoniya. Musiqa asarlar tahlili
  • Solfedrjio
  • Musiqa fanlarini o‘qitish metodikasi. Maktab repertuari.
  • Ritmika va xoragrafiya asoslarini
  • Orkestr sinfi. Orkestrda ijrochilik
  • Cholg'u ansamblida ijrochilik va unga rahbarlik qilish
  • Garmonik solfedjio eshitish qobilyati rivojlantiriladi ovozlarga bo’lib ishlashga o’rgatadi
  • O'zbek xalq musiqa ijodi namanalari o’rganish
  • Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash
  • Musiqa tarixi
  • Хor va xorshunoslik, xor jamoalari bilan ishlash va ularga dirijorlik qilishni
  • Folklyor jamoalari bilan ishlash

Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan;

Jami auditoriya soati: 4620 soat

Malakaviy amaliyot: 780 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 150 soatni tashkil etadi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1 – 6

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlardan Davlat atestatsiyasi

4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim

60

3 – 6

Malakaviy amaliyot

10

1– 4

Attestatsiya

19

1 – 6

Yakuniy davlat attestatsiyalari

2

6

Ta’tillar

29

1 – 6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3,5

Jami

152

 

 

 

       Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • 4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim amalga oshirish 4 kun Namangan davlat pedagogika institutida nazariy ta’lim oladilar hamda 2 kun ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tkaziladi
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi

               Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlari:

  • Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
  • Ishlab chiqarish korxonalarida;
  • Davlat boshqruv organlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar