WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Osiyo texnologiyalar universiteti

Lingvistika (ingliz tili)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70230101 – Lingvistika (tillar bo'yicha). Magistratura mutaxassisligi umumiy va qiyosiy tilshunoslik nazariyasi, tilning fonologik, morfologik, sintaktik va semantik tizimlarini chuqur o'rganish, sotsiolingvistika, psixolingvistika, pragmatika va diskurs tahlili, korpus lingvistikasi va kompyuter lingvistikasi, tarjima nazariyasi hamda til o'qitishning zamonaviy metodologiyasi asosida mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Bitiruvchilar oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchi va katta o'qituvchi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, til o'rgatish va sertifikatlash markazlarida metodist va ekspert, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarda tarjimon va til bo'yicha maslahatchi, nashriyotlar va ommaviy axborot vositalarida muharrir, shuningdek tayanch doktorantura (PhD) da ilmiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar