Dastur haqida
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Islomshunoslik” magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar
70220206-“Islomshunoslik” magistratura ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ilmiy bilimlarga, mustahkam nazariy asos va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha shakllantiriladigan kasbiy kompetensiyalar bir nechta asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Talabalar Qur’on, hadis, fiqh, kalom, aqida, tasavvuf, islom tarixi kabi fanlarda sohaga oid bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, manbalarini ilmiy-nazariy tahlil qilish qobiliyatini egallaydilar. Fiqhiy mazhablar, ularning tarixiy shakllanishi va aqidaviy qarashlar, zamonaviy islomshunoslik yondashuvlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Bundan tashqari, talabalarda diniy matnlarni, ayniqsa arab tilidagi manbalarni o‘qish, tahlil qilish va tarjima qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Ular diniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish, aholining turli qatlamlari bilan samarali muloqot o‘rnatish, diniy savollarga asosli va tushunarli javob bera olish kabi amaliy malakalarga ega bo‘ladilar.
Talabalarda mustaqil ilmiy izlanish olib borish, ilmiy maqolalar yozish, kurs ishlari hamda bitiruv malakaviy ishlarini ilmiy metodologiyaga asoslanib tayyorlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, ular o‘zbek va xorijiy tillardagi diniy hamda ilmiy manbalar bilan mustaqil ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali olib borish salohiyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, islomshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar diniy sohada ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashda faol ishtirok eta olishlari, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekstremistik va radikal oqimlarga qarshi ma’rifiy asosda kurasha olish malakasiga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, “Islomshunoslik” yo‘nalishidagi kasbiy kompetensiyalar talabalarga chuqur ilmiy bilim, mustahkam axloqiy pozitsiya, mustaqil fikrlash va amaliy faoliyat olib borish salohiyatini berib, ularni jamiyatda ishonchli, mas’uliyatli va samarali diniy-ma’rifiy kadrlar tayyorlaydi.
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya
14 718 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Lingvistika (ingliz tili)
23 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Lingvistika (arab tili)
23 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Tarix
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy ish
19 023 920 so'm
yiliga
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Lingvistika: xitoy tili
20 000 000 so'm
yiliga