Dastur haqida
1. Umumiy tavsifi.
60910200 — Davolash ishi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining me'yoriy muddati 6 yil.
1.1. Qo'llanish sohasi.
1.1.1. Malaka talabining qo'llanishi.
Malaka talabi 60910200 — Davolash ishi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr tayyorlovchi barcha tibbiyot oliy ta'lim muassasalari uchun talablar majmuyini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
Mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va o'quv dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o'qituvchilari;
ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi va o'quv dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy ta'lim muassasasining talabalari;
bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi davlat attestatsiya komissiyalari;
ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari;
oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;
oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirayotgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.
1.2. Kasbiy faoliyatlarining tavsifi.
1.2.1. Kasbiy faoliyatining sohalari:
sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, o'tkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish, yuqumli kasalliklarning oldini olish doirasida epidemiya va pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, milliy protokollardan hamda dalillarga asoslangan tibbiyotdan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo'yicha asosiy vazifalarni hal qilish, raqamli texnologiyalardan, jumladan, elektron tibbiy qaydlar va teletibbiyotdan samarali foydalanish, sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo'yicha kompleks masalalarni yechishni o'z ichiga oladi.
1.2.2. Kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
Sog'liqni saqlashning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (oilaviy poliklinikalar va ularning filiallari, oilaviy shifokor punktlari).
1.2.3. Kasbiy faoliyatlarining turlari:
- tibbiy-profilaktik;
- tashxislash va davolash;
- tashkiliy-boshqaruv;
- axborot-tahliliy;
- ilmiy-tadqiqot
1.2.4. Kasbiy vazifalari:
60910200 – Davolash ishi ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni samarali bajarishga qodir bo'lishi lozim:
Tibbiy-profilaktik faoliyatda:
sog'lomlashtirish, sanitar-gigiyenik va profilaktik chora-tadbirlar kompleksini mustaqil tarzda ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va o'tkazish;
aholi va bemorlar orasida sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish, ularning jismoniy, tibbiy faolligini oshirish;
tibbiy-profilaktika yo'nalishida qo'llanilayotgan ilg'or profilaktik tadbirlarni o'rganish va amaliyotga tatbiq etish;
tibbiy-profilaktika yo'nalishida profilaktik chora-tadbirlarni tashkillashtirish bo'yicha to'liq hajmdagi zaruriy ko'nikmalarga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassis sifatida mustaqil amaliy faoliyatni amalga oshirishni egallash va baholash qobiliyatlariga ega bo'lishi lozim.
Tashxislash va davolash faoliyatida:
qabulda va uyda bemorni qabul qilish, anamnez va klinik tekshiruvdan olingan ma'lumotlarni sharhlash, dastlabki hamda differentsial tashxis qo'yish va ob'ektiv tekshiruv natijalaridan foydalangan holda bemor kasalligini boshqarish rejasini ishlab chiqish;
oilaviy poliklinikada mavjud imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqib Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga muvofiq bolalar va kattalarda o'tkir va surunkali kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash;
hayotga xavf solgan holatlarda shifoxonagacha birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish;
bemorlarda kasallikning xavf omillarini baholash, sog'lig'ini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini jismoniy va ruhiy jihatdan saqlash bo'yicha maslahatlar berish, ratsional va sog'lom ovqatlanish, oilani rejalashtirish, homilador ayollarga oiv-infektsiyasi hususida, shuningdek homilador, fertil yoshdagi, tuqqan ayollarga chaqaloqni ko'krak suti bilan boqish, oilani rejalashtirish hamda reproduktiv salomatlik masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
bemorlarni shifoxonaga yotqizilgungacha shifokorlik yordamini ko'rsatish, tor soha mutaxassisini chaqirish yoki bemorlarga tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yo'llanma berish;
istalmagan homiladorlikni oldini olish, homilador ayolning antenatal nazorati, tuqqan ayollarda tug'ruqdan keyingi ko'riklarini amalga oshirish;
klinik protokollarga muvofiq skrining tekshiruvlari va taqvimga asosan emlashni tavsiya etish, profilaktik tadbirlarni nazorat qilish;
cheklov choralarini (tibbiy raddiya) joriy etish uchun tibbiy ko'rsatmalarni aniqlash;
yuqumli kasallik, oziq-ovqatdan, o'tkir kasb (professional) zaharlanishi aniqlanganda favqulodda xabarnomani shakllantirish;
tor soha mutaxassislari va boshqa professional guruhlar (ijtimoiy xodim, psixolog va boshqalar), hamshiralarga surunkali yuqumli bo'lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarga uzoq muddatli tibbiy yordam ko'rsatishda qatnashish;
surunkali kasalliklar bilan nazoratda turgan bemorlarni doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyida va (yoki) muassasada kuzatish va uchlamchi profilaktika tadbirlarini o'tkazish;
shoshilinch va o'tkir holatda murojaat qilgan bemorlarga va biriktirilgan aholiga shifoxonagacha bo'lgan shoshilinch tibbiy yordami ko'rsatish, tez tibbiy yordamga xabar berish va (yoki) tez tibbiy yordam mashinasida kuzatib borish;
aholiga (bemorlarga) tibbiy reabilitatsiya muolajalarini tayinlash (fizioterapiya muolajalari, davolovchi jismoniy mashqlar va boshqalar);
aholiga (bemorlarga) klinik protokollarga muvofiq kunduzgi statsionarda davolanish uchun davo muolajalarini tayinlash, nazorat qilish hamda kunduzgi shifoxona tibbiy hujjatlarini yuritish;
surunkali, davolab bo'lmaydigan, progressiv kasalliklarga chalingan bemorlarga palliativ tibbiy yordam ko'rsatish;
mustaqil harakatlana olmaydigan, aqli zaif yoki jismoniy imkoniyati cheklangan (nogiron) aholiga (bemorga) doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyida tibbiy yordam ko'rsatish, yuqumli kasalliklar o'choqlarida observatsiya tadbirlarini o'tkazish;
o'rnatilgan tartibda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ekspertizasini o'tkazish va mehnatga layoqatsizlik turg'un holatlarida nogironlikni belgilash uchun tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga o'z vaqtida yo'llash;
faoliyatidagi barcha jarayonlarni "Elektron sog'liqni saqlash" axborot tizimida o'z vaqtida va to'g'ri qayd etilishini ta'minlash;
sog'lomlashtirish tadbirlari bo'yicha dasturlar ishlab chiqish;
aholini (bemorni) laboratoriya va instrumental tekshiruvlarga yuborish;
tibbiy hujjatlar bilan ishlash va o'z faoliyati bo'yicha hisobotlarni shakllantirish hamda taqdim qilish;
davolashning tibbiy va tibbiy bo'lmagan usullardan foydalanish samaradorligi va xavfsizligini baholash;
kasbiy faoliyatiga yo'naltirilgan malakasini doimiy ravishda oshirib borish;
yangi bilim va usullarni ishlab chiqish, tarqatish va joriy etishga ko'maklashish;
maxsus tibbiy axborot va uning manbalarini tanqidiy baholash va qaror qabul qilishda ulardan foydalanish;
barcha tashxislash va davo muolajalarini o'tkazishda bemorlarning xavfsizligini kafolatlash, samaradorlik, maqsadga muvofiqlik va tejamkorlik tamoyillarini qo'llash;
tibbiyot brigadasi faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish;
tibbiyot brigadasi faoliyatini tashkil qilish, tahlil etish, aholi salomatlik holatini baholash, biriktirilgan hududning "Salomatlik profili"ni tuzish va uni ijobiy o'zgarishiga erishishda jamoat tashkilotlari va hamkorlarni jalb etish;
tibbiyot brigadasi a'zolari faoliyati samaradorligini yaxshilash, faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan tibbiyot xodimlarini rag'batlantirish bo'yicha tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi rahbariga takliflar kiritish;
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ommaviy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish va qatnashish, "Salomatlik maktabi" faoliyatini amalga oshirish;
biriktirilgan aholi yashaydigan hududda sanitariya va epidemiyaga qarshi keng qamrovli tadbirlarni tashkil etish, aniqlangan yuqumli kasalliklar, zaharlanish, jarohatlanish va favqulodda holatlar to'g'risida o'z vaqtida xabarnoma berish;
"Onalar maktabi" faoliyatini olib borish, bunda yosh onalarni bolalarni ko'krak suti bilan boqish va oziqlantirish, to'g'ri parvarish qilish, o'sish va rivojlanishini nazorat qilish, chiniqtirish va kasallanishini oldini olishga o'rgatish;
ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota-onalar va bolalar o'rtasida bog'liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muhit yaratish, jarohatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshqalar bo'yicha bolaning ota-onasi va parvarishlovchisiga tavsiyalar berish;
yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi maqsadida aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, kun tartibini to'g'ri tashkillashtirish, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy faollikni ta'minlash, kasalliklar profilaktikasi sohasida bilim va ko'nikmalarini hosil qilish;
aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishda bemor huquqining poymol bo'lmasligini ta'minlash, shifokor sirini saqlanishiga erishish, hamkasblariga samimiy munosabatda bo'lish;
oilaviy poliklinika hududida bemorlarga hayotni saqlab qolish yoki jiddiy asoratlarni oldini olish uchun darhol tibbiy aralashuvni talab qiladigan holatlarda (bemor oilaviy poliklinika hududida bo'lganda yoki bemor uchinchi shaxslar tomonidan olib kelinganda) tez tibbiy yordam brigadasi kelguniga qadar shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
sog'liqni saqlashda birlamchi bo'g'in ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
tibbiy brigadani boshqarish;
bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlari natijalarini baholash;
kasbga oid muammolar yechimlarini amaliyotga tatbiq etish, kasbiy faoliyati jarayonida sifatni boshqarish.
Axborot-tahliliy faoliyatida:
Demografik ko'rsatkichlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash;
Aholi o'rtasida yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarni uchrashi bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash;
Rejali va tezkor emlash natijalari bo'yicha ma'lumot tayyorlash va taqdim etish.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ilmiy-amaliy seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etish;
Ilmiy-tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish;
Mavzu bo'yicha ilmiy ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash.
2. Kasbiy kompetensiyalariga qo'yiladigan talablar
2.1. Kasbiy kompetentsiyalar ro'yxati quyidagi kompetentsiya toifalari asosida shakllantriladi:
Tibbiy bilimlar;
Amaliy ko'nikmalar va klinik fikrlash;
Shaxslararo muloqot va kommunikatsiya;
Etika va empatiya;
Oilaviy shifokorning shaxsiy rivojlanishi;
Uzluksiz kasbiy rivojlanish;
Jamoat salomatligini saqlash.
|
Kompetentsiya toifalari |
Kod |
Kompetentsiya |
|
Tibbiy bilimlar (TB) |
TB.1 |
Odam organizmining tuzilishi va funktsiyalari, normal anatomik va fiziologik rivojlanishini bilish (barcha yosh toifalari). |
|
|
TB.2 |
Kasalliklarning qiyosiy tashxisini bilish. |
|
|
TB.3 |
Organizm struktur-funktsional o'zgarishlari asosida kasalliklarning xavf omillari, salomatlik determinantlarini (genetika/irsiyat, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, xulq-atvor omillari va boshqalar) bilish. |
|
|
TB.4 |
Laborator-instrumental tekshiruv usullarini va tahlil qilishni bilish. |
|
|
TB.5 |
Dalillarga asoslangan tibbiyot doirasida davolash tamoyillarini bilish. |
|
TB.6 |
Tanlangan terapiyaning maqsadli asoslarini bilish |
|
|
TB.7 |
Klinik protokollar va tavsiyalar asosida bemorlarga yordam ko'rsatish qoidalarini bilish |
|
|
TB.8 |
Kasalliklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasini bilish |
|
|
TB.9 |
Nomedikamentoz davolash asoslarini bilish (sog'lom ovqatlanish, jismoniy faollik, chekish va semizlik bilan kurashish va b.) va aholiga sog'lom hayot tarzi haqida ma'lumot berishni bilish |
|
|
TB.10 |
Aholining alohida guruhlarida biologik, psixologik, ijtimoiy va xulq-atvor o'zgarishlarini bilish (homiladorlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, onkologik bemorlar va boshqalar) |
|
|
Amaliy ko'nikmalar va klinik fikrlash (AK) |
AK.1 |
Bemorlarning shikoyatlari va anamnezini yig'ish |
|
Bemorlarni olib borishda amaliy va diagnostik ko'nikmalarni namoyon qilish |
AK.2 |
Bemorlarning ob'ektiv ko'rigini o'tkazish, aniqlangan o'zgarishlarni tahlil qilish (hamma yosh toifalari) |
|
AK.3 |
Kasalliklarning qiyosiy tashxisini o'tkazish |
|
|
AK.4 |
Diagnostik (laborator-instrumental) tekshiruv usullarini qo'llash va natijalarini tahlil qilish |
|
|
AK.5 |
Rasmiy qabul qilingan kasalliklarni kodlash tizimlari talablariga muvofiq dastlabki va klinik tashxisni shakllantirish |
|
|
AK.6 |
Bemorni olib borish va davolash rejasini tuzish |
|
|
AK.7 |
Kasalliklarga tashxis qo'yish, davolash va reabilitatsiya qilishda "dalillarga asoslangan tibbiyot"ning asosiy tamoyillarini qo'llash |
|
|
AK.8 |
Bemorlarni statsionar davoga shifoxonaga yotqizishdan oldingi bosqichda birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun muolajalarni amalga oshirish |
|
|
AK.9 |
Oilaviy poliklinikada keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish usullarini qo'llash |
|
|
AK.10 |
Shoshilinch holatda kelgan bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish |
|
|
AK.11 |
Bemorga uning salomatligi va kasallik oqibati haqida ma'lumot berish |
|
|
AK.12 |
O'zRSSV buyruqlari asosida tibbiy hujjatlarni yuritish |
|
|
AK.13 |
Elektron sog'liqni saqlash tizimida ishlash va teletibbiyot xizmatlarini qo'llash |
|
|
AK.14 |
Kasalliklarni skriningini va dispanserizatsiyasini o'tkazish, shuningdek reabilitatsiya usullarini tavsiya qilish |
|
|
Shaxslararo muloqot va kommunikatsiya (ShM) |
ShM.1 |
Profilaktika, diagnostika va davolash maqsadlariga erishish uchun bemorga yo'naltirilgan samarali muloqot va shaxslararo muloqot ko'nikmalaridan foydalanishni va namoyish etish |
|
Bemorlar, oila, hamkasblar va jamoa a'zolari bilan samarali muloqot |
ShM.2 |
Etika me'yorlariga rioya qilgan holda bemorlar va ularning yaqinlariga qo'yilgan tashxis va davolash rejasini aniq tushuntirish |
|
ShM.3 |
Bemorlar va ularning oilalariga ma'lumot berish, maslahat berish va o'rgatish |
|
|
|
ShM.4 |
Jamoada, hamkasblar bilan, boshqa yo'nalishdagi mutaxassislar bilan muloqot qilganda ShM ko'nikmalarini qo'llash |
|
|
ShM.5 |
Bemorlarni davolashda ishni optimallashtirish va qaror qabul qilish uchun raqamli teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish |
|
Etika va empatiya (EE) |
EE.1 |
Jinsi, yoshi, millati, madaniyati, dini, nogironligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va boshqalardan qat'i nazar, teng, xolis munosabatni va hurmatni namoyish etish |
|
Bemorlar va aholi bilan o'zaro munosabatlarning axloqiy tamoyillariga, empatiyaga yo'naltirilgan aholiga xizmat ko'rsatish amaliyoti |
EE.2 |
Insonparvarlik, empatiya, hamdardlik, sezgirlik va bemorlar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan halollik ko'rsatish |
|
|
EE.3 |
Mustaqillik, maxfiylik, adolat, tenglik va xabardor qilingan rozilikka oid axloqiy tamoyillarga sodiqlikni namoyish qilish |
|
|
EE.4 |
Bemorning shaxsiy manfaatlaridan ustun bo'lgan ehtiyojlari va ehtiyojlari uchun mas'uliyat ko'rsatish |
|
Shaxsiy rivojlanish (ShR) |
ShR.1 |
Shaxsiy kompetentlik doirasida ishlash, o'zining funktsional majburiyatlarini bajara olmaslik sabablarini bilish |
|
Tibbiy amaliyot uchun muhim bo'lgan shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarning namoyon qilish |
ShR.2 |
Qarorlarni qabul qilishda hamkasblarda ishonch xissini oshiruvchi ishonch va javobgarlikni namoyon qilish |
|
|
ShR.3 |
Odob-ahloq me'yorlarini bilish, stressni boshqara olish, qaror qabul qilish, o'z imidji ustida ishlash va nizoli holatlarni boshqara olish |
|
Uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) |
UKR.1 |
Shaxsiy kompetentlik doirasida o'z bilimi, klinik ko'nikmalarini yangilab borish |
|
Uzluksiz kasbiy rivojlanish va malaka oshirishga tarafdorlik va qobiliyatni namoyon etish |
UKR.2 |
Shaxsiy ehtiyojga ko'ra malakasini oshirish orqali ish samaradorligini oshirish uchun maqsad va strategiyalarni ishlab chiqish |
|
|
UKR.3 |
O'z bilimi va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borish |
|
|
UKR.4 |
Bemorlar va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish uchun xalqaro ilmiy, dalillarga asoslangan bazani, ilmiy tadqiqot natijalarini topish, baholash va qo'llash |
|
|
UKR.5 |
Axborot resurslarida ishlash, yangi bilimlarni tahlil qilish va kasalliklarni tashxislash, davolash, oldini olish protokollari hamda SOM (standart operatsion muolajalar) protokollarini o'z amaliyotiga joriy etish. Dalillarga asoslangan texnologiyalar yoki xizmatlarni tatbiq qilish |
|
Jamoat salomatligi (JS) |
JS.1 |
Sog'liqqa ta'sir qiluvchi omillarni, shu jumladan tarkibiy va ijtimoiy determinantlarni, aholi o'rtasida kasalliklar, asoratlar va nogironlikning oldini olishni aniqlash va tegishli vazirlik va idoralarni xabardor qilish |
|
Bemorlar va aholiga optimal xizmatni ta'minlash uchun zarur bo'lgan tibbiy yordam ko'rsatish tizimi va sog'liqni saqlashni tashkil etish to'g'risidagi bilimlarni namoyish etish |
JS.2 |
Sog'liq muammolarini, xavf omillarini, davolash strategiyasini va profilaktika choralarini aniqlash uchun epidemiologiya va biotibbiyot statistikasi tamoyillarini bilish |
|
|
JS.3 |
Sog'liqni saqlash tizimida bemorlarni parvarish qilishni muvofiqlashtirish uchun multidistsiplinar jamoada ishlash. |
|
|
JS.4 |
Bemorlar va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati va samaradorligini oshirish uchun tizimli va jamoaviy yondashuvdan foydalangan holda klinik amaliyotni doimiy ravishda takomillashtirishda ishtirok etish. |
|
|
JS.5 |
Bemorlarga yetkaziladigan zararni kamaytirishga qaratilgan xavfsizlik choralarini ko'rish. |
|
|
JS.6 |
Bemorlarga va/yoki aholiga parvarish va xizmat ko'rsatishda moliyaviy va resurs xarajatlarini hisobga olish hamda xavf va foyda nisbatini tahlil qilish. |
|
|
JS.7 |
Profilaktik tadbirlarni integratsiya qilish, kasalliklar haqida ma'lumot berish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish. |
|
|
JS.8 |
Sog'liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimlari (shu jumladan, Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi, kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi) bilan ishlashni bilish. |
2.2. Kasbiy kompetentsiyalarni egallashni ta'minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo'yiladigan talablar:
Talabalarni kasbiy kompetentsiyalar, bilim va ko'nikmalarni egallashi mantiqiy ketma-ketlikda kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarni o'zlashtirish, amaliyotlarni o'tish hamda boshqa o'quv mashg'ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi;
Davolash ishi ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'quv rejasidagi majburiy fanlar blokiga bevosita kasbiy kompetentsiyalarni egallashga qaratilgan zarur tayanch bilim va ko'nikmalarni ta'minlaydigan fanlar;
tanlov fanlari blokiga ta'lim yo'nalishi doirasida mutaxassislikdan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan qo'shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetentsiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek talabalaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondoshuvlari va iqtidorini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar kiritiladi.
Ta'lim yo'nalishi bo'yicha quyidagi amaliyotlar o'tkaziladi:
o'quv tanishuv amaliyoti.
ishlab chiqarish amaliyoti.
bitiruv oldi amaliyoti.
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga