WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70812101-Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Mutaxassislik bo'yicha o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil.

Kasbiy kompetensiyalar:

- ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o'tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo' lish;

- dorivor o'simliklarni urug'ini va ko'chatini yetishtirishning yangi texnologiyalarini tashkil etish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish, hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat xavfsizligi talablanga mos holda dorivor o'simliklar sohasida ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish monitoringgini amalga oshirish;

- dorivor o'simliklar yetishtirishda ishlab chiqarish faoliyati sifatini nazorat boshqaruvini takomillashtirish;

- axborot texnologiyalarining zamonaviy tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayoni monitoringgi mexanizmi va sifatini baholash uslublarini ishlab chiqish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish, hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat xavfsizligi talablariga mos holda dorivor o'simliklar sohasida ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

Kvalifikatsiya: agronom, dorishunos, texnolog, tadqiqotchi - pedagog.

 

O'xshash dasturlar