WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Bizning maqsadimiz

 

Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, gidroenergerika va qayta tiklanuvchan energiya manbalari yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu sohaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot markaziga aylanishdir.

 

Bizning vazifamiz

 

Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning energetika tarmog’idagi barqarorligini ta’minlash va rivojlantirish uchun gidroenergetika va qayta tiklanuvchi energiya manabalari sohasida innovatsion texnologiyalarni, texnologik yechimlarni yaratish va tadbiq qilish hamda ushbu yo‘nalishda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni yuqori malakali kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo‘shish.

 

Kafedra haqida

 

Kafedra 1929-yili O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti ochilgan paytda birinchilardan bo‘lib, “Gidravlika dvigatellari” kafedrasi professori M.Ya. Gromov rahbarligida tashkil topgan. Keyinchalik kafedra “Gidroenergetika qurilmalari va gidromashinalari” deb nomlandi.

1934-1942- yillarda va 1945-1969- yillarda kafedrani professor I.YA. Kaminskiy, 1943-1945- yillarda esa II jahon urushi vaqtida Toshkentga evakuatsiya qilingan Leningrad politexnika institutining “Suv energiyasidan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.d., prof. A.A. Morozovlar boshqarganlar. 1969-1984- yillarda kafedrada t.f.n., dots. V.I. Semenido va 1984-1996- yillarda esa t.f.n., dots. M.A. Xusanov rahbarlik qilgan. 1996-yildan boshlab va hozirgi vaqtda kafedrani t.f.d., prof. M.M. Muhammadiyev boshqarib kelmoqda. 2002-2010- yillari ToshDTU O´quv ishlari hamda akademik litsey va kollejlar bo´yicha prorektor lavozimida ishlagan.

1946-yilda “Gidroenergetika qurilmalari” mutaxassisligi yana qayta ochildi va 1951-yildan kafedrada mutaxassislik bo‘yicha muhandislar tayyorlana boshladi. Kafedrada 8 ta ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 3 nafar t.f.d., professorlar va 4 nafar t.f.n., dotsentlardir. Kafedrada quyidagi xodimlar ko‘p yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatdilar: dots. B.S. Bachelis, dots. O.N. Lyamin, dots. N.N. Omelin, dots. S.V. Novokshonov, dots. N.P. Shevchenko, t.f.d., prof. V.A. Orlov, dots. A.A. Volodin, kat. o‘q. E.E. Adamets va boshqalar.

Kafedra qoshida kompleks laboratoriya mavjud bo‘lib unda – GESlar, nasos stansiyalar, gidravlika va gidromashinalar kurslari bo‘yicha yiliga 2500 dan ziyod talabalarga mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mazkur laboratoriyalarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.

Kafedra MDHning yirik loyihalash va ilmiy-tekshirish institutlari, tashkilotlari bilan aloqalarini davom ettirib kelmoqda. O‘quv jarayonida ishlab chiqarishdan va O‘zR FA institutlaridan yirik olimlar jalb etilgan. 1997-2007- yillari «Toshkent GESlar kaskadi»ning bosh muhandisi K.J. Avazov, 2000- yildan O‘zR FA Suv muammolari institutining direktori t.f.d., prof. E.J. Maxmudov, Fizika-texnika institutining laboratoriya mudiri, t.f.d., prof. R.R. Avezov, “Akademasbob” institutining laboratoriya mudiri, t.f.d., prof. Sh.I. Klichev, «O‘zbekenergo» DAK MDT bosh muhandisi X.R. Kurbanov va t.f.n. K.D. Potaenko (2006 yilgacha) va boshqalar.

“Gidroenergetika qurilmalari” mutaxassisligi ochilgandan buyon ToshPI tomonidan 2000 dan ortiq Gidroenergetik muhandislarini etkazib berdi, ular hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoda va MDH mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedra MDH mamlakatlarining yetakchi oliygohlari bilan ilmiy-pedagogik  aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bularga quyidagi kafedralarni misol qilsa bo‘ladi: Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika universiteti – kafedra mudiri, Rossiya FA akademigi, t.f.d., prof. Yu.S.Vasilyev, “Energetika va Elektrofikatsiya” vaziri, Rossiya FA akademigi, Moskva Energerika instituti professori, t.f.d. P.S. Neporojnie va boshqalar.

O'xshash dasturlar