WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fan kodi/

LPKM56MBK

О‘quv yili

  2024-2025

Semestr

V

ECTS - Kreditlаr

6

 

Fаn/modul turi

Mаjburiy

Tа’lim tili

О‘zbek/rus

Hаftаdаgi dаrs soаtlаri

6

 

1.

Fаnning nomi

Аuditoriya mаshg‘ulotlаri (soаt)

Mustаqil tа’lim (soаt)

Jаmi yuklаmа

(soаt)

 

   Logopsixologiya va psixik   korreksiya metodlari

72

108

180

 

2.

                                                              I. Fanning mazmuni

       Fanni oʼqitishdan maqsad –Alohida yordmga muxtoj bulgan bolalar uchun tashkil etilgan talim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari urganiladi.

       Fanning vazifasi – pedagoglarning klafikatsiyasini, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir. 

 

                              II . Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʼulotlari)

                                  II. I . Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

 

1-mavzu. Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Maxsus psixologiyaning bir qismi – logopsixologiyadir. Logopsixologiyaning maqsadi – nutq nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatini o`rganish va bu nuqsonni psixokorrektsiyalashdir.

2-mavzu. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari

 Anomal rivojlanishni tushunishda determinizm tamoyili alohida o‘rin tutadi. Determinizm tamoyili psixik holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganishni nazarda tutadi.

  3-mavzu. Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi

 Logopsixologiya boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Nutqiy buzilishlar korrektsiyasi va uning oldini olish bilan shuqullanish nutq buzilishlari simptomatikasini bilish, nutqiy faoliyat tizimida nonutqiy belgilar aloqasini o‘rganish uchun logopsixologiya boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqada faoliyat ko‘rsatadi.

4-mavzu. Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar bilish faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari

Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar idrok qilishi sohasining asosiy xususiyatlari bo‘lib quyidagilardir: motivatsion sohaning yetarli darajada shakllanmaganligi va arqlanmaganligi, diqqat e’tiborning yetarli darajada rivojlanmaganligi va o‘zgaruvchanligi, motorikaning rivojlanishidagi sustlik, vahimaga tushishlar.

5-mavzu. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning faoliyat xususiyatlari

 Har xil nutq kamchiliklari bilan qiynalayotgan o‘quvchi bolalar uchun o‘yin o‘ynash faoliyati shaxs va intellektning har tomonlama rivojlanishi uchun kerakli sharoit sifatida o‘zining ahamiyati va rolini saqlaydi

 6-mavzu: Logopediya fani va uning vazifalari.

Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi.

7-mavzu. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha

Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning meyorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o‘zining «Logopediya» kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha harakterlagan:

  8-mavzu: Meyorda rivojlangan bolalar nutqining rivojlanishi.

Ma’lumki, chaqaloq tug‘ilgan zahoti chinqirib yig‘lashga tushadi.Chaqaloqning yig‘lashi ochlikka, og‘riqqa, sovuqqa, o‘zini bezovta qilayotgan boshqa ta’sirotlarga bo‘lgan aks ta’sirdir.

9-mavzu.Nutqning anatomo-fiziologik va  psixolingvistik ta’rifi

Insonning eng muhim fazilatlaridan biri uning so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lib, nutq vositasida o‘zaro aloqa bog‘lay olishi, fikrlay bilishidir. Turli tovushlarning ma’lum tartibda birgalashib, payvasta bo‘lib qo‘shilishidan yuzaga keladigan ma’noli nutq muayyan organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo‘ladi.

10-mavzu: O‘zbek tili fonemalari

Nutq tovushlari – talaffuz etiladigan so‘zning kichik, ayrim bir qismidir. Tovushni fonemadan farq qilmoq kerak. Fonema so‘z ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladigan nutq tovushidir.

11-mavzu. Dislaliya

Dislaliya (dis – izdan chiqish, aynish, buzilish; laliya - nutq) tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish bilan ifodalanadigan nutq nuqsonidir. Dislaliyada bolalar bir fonetik guruhdagi tovushlarni (monomorf dislaliya)yoki har xil fonetik guruhdagi tovushlarni (polimorf dislaliya) noto‘g‘ri talaffuz etishadi.

12-mavzu: Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari

Logopedik ta’sir o‘tkazish mohiyat e’tibori bilan olganda maxsus pedagogik sistemalar yordamida yangi ko‘nikmalarni tarbiyalash, notґg‘ri kґnikmalarni oldiniga bo‘g‘ib, keyin yo‘qotib yuborishdan iboratdir.

13-mavzu. Rinolaliya nuqsonining ta’rifi

Rinolaliya, ya’ni dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi va ovoz tembrining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya og‘iz va burun bo‘shliqlari o‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi

14-mavzu. Rinolaliya xillarini aniqlash

Bolada umuman rinolaliya borligini aniqlash qiyin emas. Avvalo, talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda rinolaliya borligini ko‘rsatadi.  Biroq, rinolaliya ochiq yoki yopiq, yo bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan aralash holda bo‘lishi mumkin.

15-mavzu: Rinolaliyani barataraf etish yo‘llari

16- Yopiq rinolaliyani barataraf etish yo‘llari. Organik yopiq rinolaliyani bartaraf etish uchun burun yo‘lini to‘sib qo‘ygan sabablarni yo‘qotish, bolani to‘g‘ri nafas olishga ґrgatish kerak. Bola burun orqali to‘g‘ri nafas oladigan bo‘lganidan keyin manqalik o‘z – o‘zidan yo‘qolib ketadi.

mavzu. Dizartriya  va anartriya  nuqsonlarining ta’rifi

Dizartriya so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz nuqsonidir. U nutq apparati innervatsiyasida kamchilik borligiga bog‘liq bo‘ladi. Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida artikulatsiya mushaklarining falajlanish tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi harakterlidir.So`z boyligini baholashning mezonlari. Nutqning Grammatik tuzilishini baholash mezonlari

     17-mavzu. Ovoz fiziologiyasi

Ovoz-o‘pkadan chiqayotgan havoninng hiqildoqdagi ovoz boylamlarning tebranishidan har xil balandlikda, kuch va tembrda hosil bo‘ladigan tovushlar yig‘indisidir. Ovoz balandligi ovoz boylamlarining tebranish takrorligiga bog‘liq bo‘ladi.

    18-mavzu: Ovoz buzilishlari

So‘zlashni hamda qo‘shiq aytish vaqtida gigena qoidalariga rioya qilmaslik, ovozining zo‘riqishi, quloq og‘irligi, hiqildoq kassaliklari, o‘pka, broxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasalliklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar va boshqa sabablarga ko‘ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin.

                    III. Amaliy mashgʼulotlari boʼyicha koʼrsatma va tavsiyalar

Amaliy mashgʼulotlarini uyushtirish boʼyicha tavsiya qilinadigan taxminiy mavzular:

1. Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

2. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari

3. Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi

4. Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar bilish faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari

5. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning faoliyat xususiyatlari

6. Logopediya fani va uning vazifalari.

 7. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha

8. Meyorda rivojlangan bolalar nutqining rivojlanishi.

9. Nutqning anatomo-fiziologik va  psixolingvistik ta’rifi

10. O‘zbek tili fonemalari

11. Dislaliya

12. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari

13. Rinolaliya nuqsonining ta’rifi

14. Rinolaliya xillarini aniqlash

15. Rinolaliyani barataraf etish yo‘llari

16. Dizartriya  va anartriya  nuqsonlarining ta’rifi

17. Ovoz fiziologiyasi

18. Ovoz buzilishlari

                                        IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar

             Auditoriyadn tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

- esse – dolzarb mavzu boʼyicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;

- tezis va maʼruzalar tayyorlash;

- kurs ishi yozish;

- konspekt yozish;

- glossariy tuzish;

- individual va guruhiy oʼquv loyihasi;

- keys-topshiriqlarini bajarish;

- mavzuli portfoliolar tuzish;

- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;

- manbaalar bilan ishlash;

- infografika tuzish;

- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish;

- multimediali taqdimotlar yaratish;

- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;

- darsdan tashqari mashgʼulotlar ishlanmalarini tayyorlash;

Shuningdek, taʼlim yoʼnalishi va ixtisoslikning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin. Mustaqil oʼzlashtiriladigan mavzular buyicha talabalar tomonidan seminar mashgʼulotlarga tayyorgarlik, darslik va oʼquv qoʼllanmalar boʼyicha fan boblari va mavzularini oʼrganish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilayotgan mustaqil taʼlimning mavzulari:

1. Logopsixologiya kursining predmeti, maqsad va vazifalari

2.Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning tavsifnomasi

3. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar diqqatining xususiyatlari

4. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar idrokining xususiyatlari

5. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari

6. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar tafakkurining xususiyatlari

7. Nutqida buzilishlarga bolalar shaxsi va shaxslararo munosabati xususiyatlari

8. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan psixokorreksion  ishlar

9. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar motorikasining xususiyatlari

10. Rinolaliya

11. Alaliya  xakida  umumiy ma’lumot

12. Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari.

13. Nutq nuqsonlarini aniqlash va tekshirish.      

14. Nutq nuqsonlari haqida tushuncha

15. Oligofren bolalar.

16. Ruґiy rivojlanishi sustlashgan bolalar

17. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar.

18. Mujassam nuqsonli bolalar, ularning ta’rifi

 

3.

                    V.Taʼlim natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar)

Talaba bilish kerak:

•   Oʼzbekiston Respublikasining psixologiyani rivojlantirish sohasidagi siyosati;

•   fanning predmeti, vazifalari va tamoyillari;

•   psixologiyaning rivojlanish bosqichlari va fanlar tizimida tutgan oʼrni;

•   psixologiyaning tarmoqlari va ilmiy tadqiqot metodlari;

•   psixik jarayonlar haqida tasavvurga ega boʼlishi;

•   bilish jarayonlarini boshqarish usullari;

•   shaxsning psixologik holatlari va individual xususiyatlari:

•   yosh davrlardagi psixologik va fiziologik oʼzgarishlar;

•   bolalarning psixik rivojlanishi;

•   ijtimoiy taьsirlarning shaxs tomonidan anglanishi;

•   bolalarni oʼquv jrayoniga moslashishi, psixologik, fiziologik va intellektual rivojlanishini taʼminlashda yosh davrlarga xos psixologik xususiyatlar;

•   bolalarning oʼquv-kasbiy faoliyatida oʼz-oʼzini anglash jarayonini bilishi;

•   bolalarning kichik maktab yoshidan oʼsmirlik davriga oʼtish jarayonidagi muammolarni aniqlash;

•   bolalardagi inqirozlarning yosh va jins xususiyatlariga xos ravishda yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash;

•   bolalar guruhlaridagi shaxslararo nizolarni oldini olish va yuz beradigan nizolarni bartaraf etish;

•   jamoada ijobiy psixologik iqlimni shakllantirish kabi koʼnikmalariga ega boʼlishi;

•   taʼlim jarayonida bolalarning mustaqil faoliyatni tashkil etish va nazorat qilishda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib psixoprofilaktik ishlarni samarali usullarini qoʼllash;

•   zarur holatlarda individual va guruhiy shaklda ishlash;

•   olingan psixodiagnostik maʼlumotlarni qayta ishlash va ular asosida tavsiyalar ishlab chiqish;

•   bolalar ijtimoiylashuvidagi inqirozlarni oʼz vaqtida bartaraf etishda psixoprofilaktik ishlarni samarali amalga oshirish;

•   tarbiyasi ogʼir bolalarni aniqlash va ular bilan keng psixokorrektsion ishlarni olib borish;

•   maktab, mahalla va oila hamkorligida bolalarning eng muhim muammolari hal etilishiga har tomonlama koʼmaklashish kabi kompetentsiyalarga ega boʼlishi lozim.

 

 

4.

                             VI. Tа’lim texnologiyalаri vа metodlаri:

ma’ruzalar;

•individual topshiriqlar;

•guruhlarda ishlash.

•individual loyihalar;

• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

 

5.

                                      VII. Kreditlаrni olish uchun tаlаblаr:

Joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat ishni muvaffaqiyatli topshirish.

O'xshash dasturlar