WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70710401-Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim dasturi Markaziy Osiyoning landshaftlari va ekotizimlaridagi hayvonot dunyosi bilan birgalikda flora va faunasini koʼpayishi va kamayishi, tabiiy landshaftlarda inson faoliyati natijasida roʼy beradigan oʼzgarishlar va ularni bashoratlash, landshaftning morfologik qismlari va ular orasidagi bogʼliqlikni, yer sayyorasidagi landshaftlarning asosiy turlari, tabiiy landshaft zonalarni oʼrganishi, tuproq eroziyasi turlar va muammolari, eroziyaga qarshi kurashishning chora tadbirlarni, eroziyani baholash usullari, tuproq va suv eroziyasini pasaytirish choralari hamda turli eroziya jarayonlarini modellashtirishni oʼrganishi, suv miqdoriga global miqyosda boʼlgan talab oshib ketmoqda, yer usti va osti suv manbalarining qurib qolishi, hamda ularning ifloslanishi, bioxilmaxillikning yoʼqolishi, qurgʼoqchilik, suv toshqini va boshqa antropogen taʼsirlar sodir boʼlishi sababli suv resurslarini integratsiyalashgan usullar bilan boshqarish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi. Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslarini boshqarish) mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Kasbiy faoliyat yoʻnalishlari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat qoʻmitasi. Davlat kadastr qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv resurslari bo‘yicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari.

O'xshash dasturlar