WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Iqtisodiyot

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60310100 ─ «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv rejasi va oliy ta’lim ilmiy dasturi asosida kunduzgi va kechki (sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan. Kunduzgi bakalavriatning standart davomiyligi 4 yilni tashkil etadi.

60310100 ─ «Iqtisodiyot» ─ ta’lim sohasiga tegishli yo‘nalish bo‘lib, davlat, aksiyadorlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda birlashmalari, iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, zamonaviy iqtisodiy konsepsiyalar hamda moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish bilan bog‘liq kasbiy yo‘nalishlar majmuasini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyat turlari:

  • Korxona va tashkilotlarning strategik rivojlanishida zamonaviy iqtisodiy bilimlarni qo‘llagan holda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va unga rahbarlik qilish, menejment hamda rejalashtirish;

  • Tashkilotlarda boshqaruv va tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishni tashkil etish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda rag‘batlantirish tizimini yaratish;

  • Boshlang‘ich ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari ishini tashkil etish va boshqarish;

  • Xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ish rejasini (biznes-plan) tuzish va uni ijro etish, bajarilgan ishlar hamda moliyaviy natijalarni nazorat qilish va baholash;

  • Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari sifatini hamda iqtisodiy samaradorligini nazorat qilish usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • Investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini baholash;

  • Yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish;

  • Biznes faoliyatini tashkil etish, moliyaviy-iqtisodiy rejalashtirish, biznes-rejalar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish.

Kasbiy faoliyat obektlari:

  • Davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish birlashmalari hamda moliya-iqtisodiy aloqalar;

  • Tarmoq va sohalarda korxona hamda tashkilotlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari, tizimli va tahliliy yondashuv prinsiplarini amalga oshirish;

  • Boshqaruv va iqtisodiy qarorlarni amalga oshirish jarayonlari, korxona va tashkilotlarda resurslarni boshqarish tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish va mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari.

O'xshash dasturlar