Dastur haqida
Biznes boshqaruvi ta'lim yo'nalishi
Umumiy tavsifi
Iqtisodiyotni yangilash va modernizasiya qilish sharoitida biznes boshqaruvi, uning asosiy prinsiplari, boshqaruvning mohiyati, predmeti va uslublari, boshqaruvning asosiy tamoyillari, boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar va maqsadlarning turlari, ilm-fan muassasalarida innovasiyalarni boshqarishning xususiyatlari, boshqaruvning rivojlanish tarixi, zamonaviy boshqaruv asoslari, boshqarish nazariyasi, boshqaruv ta'limotidagi yo‘nalishlar, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonidagi boshqaruv, boshqaruvdagi ayrim xorijiy tajribalar, biznes menejmentining funksiyalari va usullari, biznes menejmentining funksiyasi, boshqaruvning iqtisodiy usullari, mulkchilik munosabatlari shakllaridir.
Tarkib va o'quv rejasi
Biznes jarayonlarining asosiy turlari va tarkibi, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, biznes sub'ektlari personalini boshqarish, xodimlarni boshqarish tushunchasi va norasmiy tashkilotlar, ijtimoiy munosabatlarni boshqarish, xodimlarni boshqarishda inson ehtiyojining roli, biznesda korporativ boshqaruvning mazmuni va evolyusiyasi, korporativ boshqaruv tushunchasi, aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvining institusional asoslari, boshqaruv jarayonining axborot ta'minoti, korporativ boshqaruvning kelib chiqishi va rivojlanishi bosqichlari, agrobiznes boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, fermer xo‘jaligining mohiyati, uning tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari, fermer xo‘jaligini tashkil etish tamoyillari va tartibi, dehqon xo‘jaligini boshqarish asoslarini tahlil qilish, kengaytirish imkoniyatlari va uni raqobatga bardosh bera olish usul va yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerakligiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'quv natijalari
• Boshqaruvning mohiyati, predmeti va uslublari, uning asosiy prinsiplari, faoliyatini tushunish.
• Biznes boshqaruvning mohiyati va zarurligini ko‘rib chiqqan holda, talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimga ega bo‘ladi.
•Biznes menejmentining funksiyalari, usullari va uning turlari bo‘yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi va foydalanishni biladi.
• Biznes boshqaruvda xodimlarni boshqarish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish strategiyasini tanlash bo‘yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi va foydalanishni biladi.
• Biznes sub'ektlari personalini boshqarish to‘g‘risida bilib oladi.
• Biznesda korporativ boshqaruvning mazmuni, evolusiyasi va strategiyalar ishlab chiqish, strategik qarorlarni mustaqil qabul qila olish imkoniyatiga erishadi.
• Biznesda rejalashtirish ahamiyati, moliyaviy ko‘rsatkichlar zarurligi moliyaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlarini ishlab chiqishni bilib oladi.
• Kadrlar bilan ishlashni tashkil etish tamoyillari va texnologiyalari ahamiyati va vazifalari to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘ladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga