Dastur haqida
.
Asosiy o`qiladigan fanlar
BAKALAVR
Arxitekturaviy loyihalash.
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash
Bino va inshootlar tipologiyasi
Yashil arhitektura va energiya tejamkorlik
Inter’er va jihozlash
Arxitekturada innovatsiyalar
Jamoat binolari interyer loyihalash
MAGISTRATURA
Arxitekturaviy loyihalashning ijtimoiy asoslari
Arxitekturaviy bionika
Zamonaviy turar joy va jamoat binolari tipologiyasi
Arxitekturaning ilmiy tadqiqot asoslari
Arxitekturada innovatsiyalar (Xorijiy tajribalar)
Bitiruv mutaxassisligi
60730100 – "Arxitektura” (turlari boyicha)
70730101–"Bino va inshootlar arxitekturasi”
O`quv-metodik faoliyat
Kafedrada kurs loyiha bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar, hamda loyixalash bo’yicha yangi vazifalar ishlab chiqiladi va doimiy ravishda yagnilanib turiladi.
Asosiy ilmiy yo`nalishlar
Buyurtmachining talablari bo’yicha turar joy va jamoat binolarining o’rganish va shu asosda yangi loyixalarini ishlab chiqish.
Qishloq va shaxar turar joy va jamoat bino va inshootlarining arxitekturaviy yechimlarining yaratilish printsiplarini o’rganish va ishlab chiqish.
Energiya tejamkor turar joy va jamoat binolarining loyixalarini o’rganish va ishlab chiqish.
Turar joy va jamoat binolarining loyixalash uchun arxitektura-ijtimoiy jihatlarini o’rganish shu asosda yangi yechimlarni ishlab chiqish.
Kafedra haqida qo`shimcha ma`lumotlar
Yangi aholi joylarini va xalq xojaligini qurish ta'mirlash uchun yuqori malakali mutaxassislar zarur edi. 1923 yilda O’rta Osiyo Davlat Universiteti asos solingan.1929 yil O’rta Osiyo paxtachilik irrigasiya Politexnika instituti alohida ajralib chiqadi. Uning tarkibida "Mexanika”, "Suv xojaligi”, Agropaxtachilik”, "Kolxozchilik va sovxozchilik” va "Qurilish” fakultetlari bolgan. Qurilish fakultetida arxitektura bo’limining yaratilishida G.Svarichevskiyning xizmatlari katta. 1931 yilga kelib O’rta Osiyo Qurilish Instituti ozining tarkibida "Injener qurilish”, "Sanitariya texnika” va "Arxitektura” fakultetlaridan tashkil topadi.
Arxitektura fakultetida 3 ta kafedra shundan 1 tasi "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi edi. Kafedra mudiri Kolotov S.M bo’lgan. Uning bir qancha arxitektor mutaxassislar tayyorlashda xizmatlari katta. 1949 yilda yangi bo’limlar ochilishi munosabati bilan, O’rta Osiyo Qurilish Instituti, yangi Orta Osiyo Politexnika Institutiga aylantirildi.
1961 yildan O’rta Osiyo Politexnika Instituti, Toshkent Politexnika Institutiga aylantirildi (TashPI). "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasini SSSR xalq arxitektori prof. Boboxonov A.B boshqargan. Boboxonov A.B boshchiligida bir qancha yetuk mutaxasislar ishga qabul qilinadilar. dots. Karash L.G, dos.Kolomenskiy V.N, dos.Garamov Yu.M, dos.Duranovskaya Ye.I va boshqalar. Vaqt otib "Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi "Turar joy binolarni loyihalash”kafedrasi (prof Babievskiy K.V, Kolomenskiy V.N, Korobovsev G.I, dots Asomov R.J), "Jamoat binolari va Intererni loyihalash” kafedrasi (prof Babaxonov A.B, prof Hidoyatov T.A), "Sanoat binolarini loyixalash” kafedrasi (Boymuxamedov B.A) bo’linadi. 1991 yili Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti tashkil etilib, kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” ga o’zgartirildi va kafedraga prof. Ubaydullaev X.M tayinlanadi. 2002 yilga kelib kafedra mudiriga prof. Hidoyatov T.A boladi. 2005 yilda kafedra "Arxitektura va Shaharsozlik” deb nomlandi prof Latipov D.V, 2006 yil apreldan dots Tursunov S.T. 2007 yildan prof. Ubaydullaev X.M kafedra mudiri bo’lib ishlab keldi. 2009 yildan kafedra "Arxitekturaviy loyihalash” aylantirildi. 2011-2012 yillar Mansurov Y.M. 2012-2015 yillar kafedra mudiri Yunusov Sh.H. 2015-2016 yillar Reyimbayev Sh.S. 2016-2017 Yunusov Sh.H. 2018 yil yanvardan-2024 yil aprelgacha kafedrani (PhD).dots Hasanov A.O. boshqarib kelgan. 2024 yil may oyidan arx.fan.nom. dotsent. Masharipova S.A.boshqarib kelmoqda.
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Kadastr
—
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
14 400 011 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
14 400 010 so'm
yiliga
University of Business and Science
Geodeziya va geoinformatika
—