WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60810400–Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib qishloq xo‘jaligida yuqori unumdorlikka ega resurstejamkor texnologik jarayonlar,  innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish, sinash, tekshirish, tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqarishga tadbiq etish kabi jarayonlarni tashkillashtirish uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuini o‘z ichiga oladi.  5430400–Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ta’lim yo‘nalishi negizida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega resurstejamkor texnologik jarayonlar, innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llash; innovatsion texnika va texnologiyalar qo‘llashdagi mashina va jihozlardan samarali foydalanish jarayonlari; innovatsion texnika va texnologiyalarni sinash, tekshirish, tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqarishga tadbiq etish, innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash tizimidagi avtomatlashtirilgan qurilmalar, mikroprotsessor va kompyuter texnologiyalarini yaratish va dasturlash; dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish hamda pedagogik faoliyatda kasbiy ta’lim pedagogikasi metodlari, vositalari va shakllarini muntazam takomillashtirib borish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar