WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60810100-Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta'lim yo'nalishi fan, qishloq xo’jaligi sohasida texnika va yuqori  texnologiyalar bo’yicha mutaxassislik bo‘lib, u o‘z ichiga bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning  o‘quv reja va fan dasturlari  asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini  to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga “bakalavr” darajasi hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.  Ishlab chiqarishda Qishloq  xo‘jaligi tizimlari, Mashina  traktor parklari, Qishloq  xo‘jaligi mashinalari  va  texnikalarini  ishlab chiqarishda, loyiha-konstruktorlik, Qishloq  xo‘jaligi  ta’minot  tizimlaridagi texnik  vositalarning  ekspluatatsiyasi, ta’mirlash, Qishloq  xo‘jaligi  mashinalarini sozlash va servis xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritadilar. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandis injeneri, texnik vositalarning ekspluatatsiyasi xodimi, ta’mirlash,  sozlash va servis xizmat ko‘rsatish mutaxassisi, Qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha texnik, muhandis, bosh muhandis, korxona rahbari  lavozimlarida  ishlashlari mumkin.

O'xshash dasturlar