About the programme
70610103 - Axborot tizimlari (magistratura)
Tavsif:
Ushbu ta'lim dasturi – fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli media, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalaridagi mutaxassislik bo'lib, u o'z ichiga zamonaviy kompyuter grafikasi, raqamli dizayn, vizual kommunikatsiya, 2D va 3D modellashtirish, animatsiya, multimedia texnologiyalari, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR), foydalanuvchi interfeysi va tajribasi (UI/UX) dizayni, kompyuter grafikasi algoritmlari, raqamli kontent yaratish, sun'iy intellekt texnologiyalaridan dizayn va vizualizatsiyada foydalanish hamda grafik axborotni qayta ishlashning nazariy va amaliy asoslarini o'zlashtirishni qamrab oladi. Shuningdek, ta'lim dasturi raqamli grafik mahsulotlar, multimedia tizimlari va interaktiv ilovalarni loyihalash, ishlab chiqish, vizual modellashtirish, animatsiya va vizual effektlar yaratish, foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish, grafik axborotni qayta ishlash, raqamli media mahsulotlarini joriy etish va rivojlantirish, dizayn yechimlarining estetik, funksional va ergonomik talablarini ta'minlash, zamonaviy grafik va multimedia texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
• respublika va xorijda chop etilgan kompyuter texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlarning ilmiy manbalarini tadqiq etish;
• mutaxassislikka mos ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etishi;
• ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqishi;
• ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va tahlil qilishi;
• ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish hamda faol ishtirok etishi;
• oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritishi;
• o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan va o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi;
• o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar, algoritmlar, usullarni tadqiq qilishi va ishlab chiqishi;
• pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borishi lozim.
Ekspluatatsiya faoliyatida:
• ishlab chiqarish jarayoni va vizualizatsiyada: loyiha yoki vazifa talablariga muvofiq vizual tushunchalar, illyustratsiyalar, maketlar, animatsiyalar va boshqa grafik materiallarni yaratish;
• grafik resurslarni boshqarish va tashkil etish, shu jumladan ma'lumotlar va loyiha fayllarini saqlash, tashkil etish va himoya qilish, mualliflik huquqiga rioya qilish;
• kompyuter grafikasi uchun dasturiy ta'minot va apparat vositalarining ishlashini ta'minlash va qo'llab-quvvatlash, muammolarni bartaraf etish va dasturiy mahsulotlarni yangilash.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
• kompyuter grafika, animatsiya, veb-dizayn va boshqa vizual echimlarni yaratish bilan bog'liq loyihalarning bajarilishini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish. Loyiha maqsadlarini aniqlash, ish jadvallarini ishlab chiqish, byudjetlashtirish va xatarlarni boshqarishni o’rganish;
• strategik rejalashtirish asoslarini bilish va ko'nikmalarini kompyuter grafika va dizayn bozorining o'zgaruvchan ehtiyojlariga moslashtirishga yordam beradi, bunga raqobat muhitini tahlil qilish, o'sish va barqarorlik strategiyasini ishlab chiqish;
• zamonaviy kompyuter grafika tizimini yaratishi va ularning ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
• atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
Eksperimental - tadqiqot faoliyatida:
• kompyuter grafikasidagi yangi texnika va texnologiyalarni o'rganish, ko'rish algoritmlari, nurlarni kuzatish usullari, grafikalar uchun chuqur o'rganish, virtual haqiqat va kengaytirilgan haqiqat. Vizualizatsiya sifatini yaxshilash, renderlash jarayonlarini tezlashtirish va yanada Real vizual effektlarni yaratish maqsadida tadqiqot o'tkazish;
• inson-mashina o'zaro ta'siri, foydalanuvchi interfeyslari, foydalanish qulayligi va vizual ergonomikani o'rganish. Turli xil raqamli mahsulotlar foydalanuvchilari uchun intuitiv va samarali interfeyslarni yaratish;
• raqamli san'at yaratish jarayonlarini o'rganish, shu jumladan algoritmik san'at, generativ dizayn, kompyuter animatsiya. Kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy asarlarni yaratish va vizualizatsiya qilishning yangi usullarini o'rganish;
• ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, jarayonlarni modellashtirish va simulyatsiya qilish va murakkab ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish uchun grafik modellarni yaratishni o'z ichiga olgan ilmiy tadqiqotlarda kompyuter grafikalarini qo'llash;
• vizual elementlarning aloqa va xabarlarni idrok etishga ta'sirini o'rganish. Marketing, reklama, korporativ va grafik dizayn kontekstida turli dizayn qarorlarining samaradorligini o'rganish.
Axborot-tahliliy faoliyatida:
• Loyihalar samaradorligini baholash;
• axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
• boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash.
Ishlab chiqarish - boshqaruv faoliyatida:
• kompyuter grafikasi va dizayn loyihalarini rejalashtirish, tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish. Loyiha maqsadlarini aniqlash, ish jadvallarini ishlab chiqish, byudjet va resurslarni boshqarish va xatarlarni boshqarish;
• grafik va dizayn mahsulotlarining yuqori sifatini ta'minlash, loyiha spetsifikatsiyalariga muvofiqligini ta'minlash uchun sifat nazorati va sifat standartlarini ishlab chiqish;
• kompyuter grafikasi va dizayn sohasida rivojlanish va barqaror o'sish strategiyalarini ishlab chiqish. Bozor, raqobat muhiti va sanoat tendentsiyalarini tahlil qilish;
• mijozning talablari yoki loyiha vazifasi asosida kontseptual va batafsil dizayn loyihalarini yaratish. Meia mahsulotlarni ishlab chiqish, korporativ uslub, veb-dizayn, mahsulotni qadoqlash va boshqalarni yaratish;
• filmlar, televidenie va boshqa media platformalar uchun vizual effektlarni loyihalash va yaratish.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestir(2 yil) davomida jami:
120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 624 soat
Ilmiy amaliyot: 360 soat
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash:1560 soat
Mustaqil ta’lim: 1056 soatni tashkil etadi
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
45 |
1 – 4 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Ilmiy amaliyot |
15 |
4 |
|
|
Ilmiy tadqiqot ishi |
4 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
8 |
1 – 4 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
3 |
4 |
|
|
Ta’tillar |
26 |
1 – 4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
3 |
1,3 |
|
|
Jami |
104 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Similar programmes
Jizzakh Branch of Kazan Federal University
Information Systems and Technologies
21 607 000 so'm
per year
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Artificial Intelligence
20 212 915 so'm
per year
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Axborot xavfsizligi
20 212 915 so'm
per year
Tashkent International University of Education
Data Science
20 000 000 so'm
per year
Namangan State Technical University
Computer systems and their software
13 000 000 so'm
per year
Namangan State Technical University
Information Systems
13 000 000 so'm
per year