08 IyunIyunIyun 2026
28 ko'rishlar
“Yoshlar tashabbuslari" marafoni
Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘ida “Yoshlar tashabbuslari" marafoni bo'lib o'tdi. Marafon yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va iste’dodlarini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yoshlar uchun bilim, tajriba va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan. Ushbu nufuzli tadbirda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Universitet tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion ishlanmalar, talabalar loyihalari hamda ilmiy yutuqlar keng jamoatchilikka taqdim etildi.




