WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 AprelAprelAprel 2025 102 ko'rishlar

#Yoshlar Akademiyasi

Xabaringiz bor, joriy haftada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi "Yoshlar akademiyasi" tavsiyasiga asosan Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Dilnavoz Sobirova Qo‘qon davlat pedagogika instituti "Yoshlar akademiyasi"ning lideri etib tasdiqlangan edi.

Mazkur tayinlov doirasida bugundan boshlab institutning iqtidorli va tashabbuskor yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida o‘tkazilgan uchrashuvda "Yoshlar akademiyasi"ning maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari talabalarga batafsil tanishtirildi. 

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi. Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni innovatsion loyihalarga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Boshqa yangiliklar