WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 IyulIyulIyul 2025 19 ko'rishlar

“SIZ – YANGI O‘ZBEKISTON AXBOROT VA MEDIA MAYDONINING ERTANGI OVOZISIZ”

Siz – Yangi O‘zbekiston axborot va media maydonining ertangi ovozisiz. Aynan sizlar ertangi axborot maydonining asosiy harakatlantiruvchi kuchisiz. Sizga bugun katta ishonch, universitet, oilangiz, Vatanimiz va eng asosiysi, universitetimiz asoschisi – Prezidentimizning yuksak ishonchi va katta mas’uliyati yuklanmoqda. Ishoning, bu yo‘lda siz yolg‘iz emassiz. Sizda bilim bor, tajriba bor, orzu bor, maqsad bor – eng muhimi, shu maqsadga erishish uchun shijoatingiz bor.

“SIZ – YANGI O‘ZBEKISTON AXBOROT

VA MEDIA MAYDONINING ERTANGI OVOZISIZ”

 

— Siz – Yangi O‘zbekiston axborot va media maydonining ertangi ovozisiz. Aynan sizlar ertangi axborot maydonining asosiy harakatlantiruvchi kuchisiz. Sizga bugun katta ishonch, universitet, oilangiz, Vatanimiz va eng asosiysi, universitetimiz asoschisi – Prezidentimizning yuksak ishonchi va katta mas’uliyati yuklanmoqda. Ishoning, bu yo‘lda siz yolg‘iz emassiz. Sizda bilim bor, tajriba bor, orzu bor, maqsad bor  – eng muhimi, shu maqsadga erishish uchun shijoatingiz bor.

 

Sizlar ochiqlik va oshkoralik, so‘z erkinligi va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga sodiq holda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qilishingizga ishonamiz.

 

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizning bugungi muvaffaqiyati – sizlarning sabr-toqat va mehr-muhabbatingiz samarasi. Sizlarga shu qora ko‘zlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularga tirgak bo‘layotganliklaringiz uchun minnatdorlik bildiraman.

 

Aziz hamkasblar, universitetimiz jamoasi, professor-o‘qituvchilarimiz!

 

Bugungi kecha – biz uchun ham bayram. Zero ko‘p yillik mehnatimizning mevasini ko‘ryapmiz. Kelajak jurnalistlari, tahlilchilari, siyosatshunoslari, PR mutaxassislari va media tadqiqotchilarini yetishtirish baxti va mas’uliyati bizga nasib etdi, nasib etyapti. Bizning O‘zJOKU – bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy, muqaddas ilm maskani. Va bu maskanda mana bugun to‘rtinchi bor bag‘rimizdagi polaponlarni ulg‘aytirib, qaldirg‘och misol mustaqil hayotga uchirma qilyapmiz.

 

Shunday ekan, bu oqshom – faxr va g‘urur, ijod va ilhom oqshomi. Sizlarga omad va muvaffaqiyat, bardavom ilhom va jo‘shqinlik, mustahkam pozitsiya va halollik, kuch-g‘ayrat va matonat yor bo‘lsin! Yo‘lingiz ochiq va ravon, niyatingiz halol, ilmingiz charog‘on, so‘zlaringiz va qalamingiz kuchli bo‘lsin!

Boshqa yangiliklar