WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 IyunIyunIyun 2026 6 ko'rishlar

YOSHLAR SHIJOATI, IQTIDORI VA BIRLIGI — “TALABA FEST”DA NAMOYON BO‘LDI!

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan yirik yoshlar festivali — “Talaba fest” tadbiri Toshkent davlat agrar universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.

Viloyatning 18 ta oliy ta’lim tashkilotidan tashrif buyurgan yuzlab faol va iqtidorli talabalar qatorida Olmaliq davlat texnika instituti talabalari ham munosib ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va iste’dodlarini namoyish etdilar.

📎 Festival doirasida talabalar sportning mini futbol, voleybol va shaxmat yo‘nalishlari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini, munozara bahslari, eng yaxshi rasmlar tanlovi, eng mazali taomlar bellashuvi hamda milliy liboslar namoyishi kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zaro kuch sinashdilar.

🎮 Ayniqsa, Olmaliq davlat texnika instituti tomonidan tashkil etilgan robototexnika ko‘rgazmasi festival ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otib, institutimizda innovatsion texnologiyalar va muhandislik ta’limi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasiga aylandi.

🎓🎓 “Talaba fest” nafaqat sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni shakllantirish, balki yoshlarning intellektual, ijodiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

✔️ Olmaliq davlat texnika instituti — bilim, innovatsiya va yuksak marralar sari!

Boshqa yangiliklar