WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 10 ko'rishlar

Xorijiy mutaxassislar tomonidan ish beruvchilarning fikrlari o'rganildi.

Ayni kunlarda Namangan muhandislik-texnologiya institutida AQSHning Liberty universitetidan ilmiy tadqiqotchi David Leffler va Pittsburg universitetidan ilmiy tadqiqotchi Jacklyn Sharp faoliyat olib bormoqda. Ular institutning Kimyo texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda "Ifoda agro kimyo himoya" qo‘shma korxonasiga tashrif buyurib, ish beruvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda malakali kadrlar tayyorlashdagi ehtiyoj va amaliy muammolar yuzasidan muhokamalar olib bormoqdalar.

Tashrif davomida yangi o‘quv reja va fan dasturlarini korxona ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirish, fanlarni modernizatsiya qilish va jahon standartlariga moslashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

"Ifoda agro kimyo himoya" korxonasidagi zamonaviy laboratoriya jihozlaridan institutning bakalavr, magistr talabalari va PhD tadqiqotlari uchun foydalanish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi. Ushbu texnologik sharoitlar talabalarning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirishga ko‘mak bermoqda.

Xorijiy mutaxassislarning institut kafedralari va hamkor ishlab chiqarish korxonalariga tashriflari davom etmoqda, hamkorlikning yanada mustahkamlanishi kutilyapti.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar